12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar. Uxlatuvchi vositalar


Download 27.79 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1589732
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Фармакология 12-дарс (1)

Natriy valproat preparati . Tutqanoqning katta va ko’proq kichik shakllarida ishlatiladi. Uning bunday ta’sir etishi tormozlanish mediatori hisoblangan gammaaminomoykislotasining (GAMK) metabolizmini ta.minlaydigan GAMK . transferaza (GAMK Ò)ning faolliligini kamaytirish bilan tushuntiriladi. Natijada GAMK yig.ila borib, preparat va postsinaptik qutblanish va postsinaptik parda qo.zg.aluvchanligini kamaytiradi. Natriy valproat keng ishlatiladigan asosiy preparatlardan hisoblanadi. Keyingi paytda shunga yaqin GAMKergik preparatlar:
vigobatrin, gavapentin va boshqalar olingan.
Xlorakon .Yuqorida keltirilgan preparatlarga nisbatan ancha xavfsiz, nojo’ya ta’siri deyarli bilinmaydi, terapevtik ta’sir doirasi keng. Bemorlar xlorakon bilan davolanishni yengil o’tkazadilar.Preparat asosan katta xurujlarda va psixomotor ekvivalent holatida beriladi.
Preparatlar.
F e n o b a r b i t a l (Phenobarbitalum) 0,05.0,1 g dan ishlab chiqariladi. 0,05 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Bemor shifokor nazorati ostida bo’lishi zarur.
D i f e n i n (Dipheninum) 0,117 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Yarim yoki bitta tabletkadan kuniga 1.3 marta ovqatdan keyin ichiladi.
B e n z o n a l (Benzonalum) 1- benzil, 5- etil, 5- fenilbarbiturat kislota 0,1 g va 0,05 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Kuniga 3 marta ichiladi.
G e k s a m i d i n (Hexamidinum) 0,125 g va 0,25 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi; 1 tabletkadan 1 marta ichiladi.
K a r b a m a z e p i n (Carbamazepine) 0,2 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan (0,1 g) kuniga 2.3 marta beriladi. Keyinchalik dozasi 0,4.1,2 g gacha oshiriladi (kuniga 4. 6 tabletka).
N a t r i y v a l p r o a t (Natrium valproatum) 0,15; 0,2; 0,3; 0,5 g li tabletka; 0,15 va 0,3 g li kapsulada ham ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan (0,15 g) kuniga 2.3 marta buyuriladi, keyinchalik preparat dozasi oshirib boriladi.
X l o r a k o n (Chloraconum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan (2 tabletkadan) kuniga 3.4 marta ichiladi. Zaruriyat tug.ilsa, bir kecha-kunduzda 4 tagacha buyuriladi. Parkinsonizmga qarshi dori vositalari

Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling