12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar. Uxlatuvchi vositalar
Download 27.79 Kb.
|
Фармакология 12-дарс (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barbituratlar
- Geksamidin .
Fenobarbital . Uxlatadigan ta’sirga ega bo’lgani uchun kata tutqanoq turiga davo qilishda uning kichikroq dozasidan (0,05 g) foydalaniladi va u samarali hisoblanadi. Preparat bilan uzoq muddat davo qilishda uning kumulatsiyaga va qaramlikka sabab bo’lishini nazarda tutish lozim. Davo davrida bemorda uyquchanlik holati kuzatilishi mumkin.
Difenin . Fenobarbital singari preparat bo’lib (1958- y), uxlatuvchi ta’siri bo’lmasligi bilan boshqa dorilardan farqlanadi. Bosh miyaning harakat markaziga bo’lgan ta’siri kuchliroq. Tutqanoqning katta xurujlarida keng ishlatiladi va ancha samarali hisoblanadi. Uning ta’siri natriy, kaliy va kalsiy ionlariga, hujayra parda potensialiga, aminokislotalar va neyromediatorlarga (noradrenalin, atsetilxolin, GAMK) qaratilgan. Difenin bromidlar, fenobarbital va trankvilizatorlar (nozepam) bilan birga qo’shib berilishi mumkin. Difenin jigar va buyrakning og’ir kasalliklarida, yurak faoliyatining yetishmovchiligida berilmaydi. Benzonal . Fenobarbitalga o’xshab tutqanoqqa qarshi ta’sir etadi, lekin uning uxlatuvchi-tinchlantiruvchi ta siri kuchsizroq. Katta tutqanoqning hurujlarida boshqa preparatlar (geksamidin, karbamazepin, difenin) bilan birga qo.llanilishi mumkin. Barbituratlar (fenobarbital, benzonal), ayniqsa, benzonal jigar mikrosomal fermentlari faolligini oshiradi; ular induktorlar hisoblanadi. Shuning uchun ularni boshqa preparatlar bilan tavsiya etganda buni nazarda tutish kerak. Aks holda qo’shib ishlatilayotgan dorilar metabolizmga ko’proq uchragani sababli ularning samarasi bo.lmasligi mumkin. Geksamidin . ta’siri bo’yicha fenobarbitalga o’xshab ketadi, lekin unga qarama-qarshi o.laroq, uxlatuvchi-tinchlantiruvchi xususiyati deyarli yo’q va kumulatsiya keltirib chiqarmaydi. U, asosan, katta tutqanoq xurujida tavsiya etiladi. Karbamazepin . tutqanoqqa qarshi ta’siri bo’yicha yuqori samarali preparat. Bundan tashqari antidepressiv va qisman og’riq qoldiruvchi xossaga ega. Preparat psixomotor qo’zg’alishda (asosan katta xurujli tutqanoqda) qo’llaniladi. Kichik tutqanoqda ham samarali; yosh bolalarga ham tavsiya etiladi. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling