12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar. Uxlatuvchi vositalar
Download 27.79 Kb.
|
Фармакология 12-дарс (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- K a t t a t u t q a n o q
- K i c h i k t u t q a n o q
- P s i x o m o t o r
Tutqanoqqa qarshi preparatlar
Tutqanoq (epilepsiya) va parkinsonizmga qarshi dori preparatlari amalda bemorlarni davolash maqsadida keng qo’llaniladi. Tutqanoq kasalligi quyidagi 3 ko’rinishda namoyon bo’ladi: 1. Katta tutqanoq xuruji (grand mal), 2. Kichik tutqanoq xuruji (petit mal), 3. Psixomotor ekvivalent holati. K a t t a t u t q a n o q xuruji birdan boshlanib, bemor hushidan ketadi va turgan holda yiqiladi, tana mushaklari tartibsiz qisqarib (tonik qisqarish), tutqanoq tutadi; og’zidan ko’pik ajrashi bir necha daqiqa davom etadi; talvasa tugagach kasal uyquga ketadi. Tutqanoqning tez-tez qaytarilishi (epileptik status) og’ir holatlarni keltirib chiqaradi. K i c h i k t u t q a n o q xurujida esa bemor bir-ikki sek davomida hushini yo’qotib, bir nuqtaga tikilib qoladi, lekin yiqilib tushmaydi, savollarga javob qaytarmaydi. Ko’pincha, yuz mimic mushaklarini titrashi kuzatiladi. Bemor atrofidagi odamlar ko’pincha bunday xurujni sezmay ham qoladilar. P s i x o m o t o r ekvivalent holatida tutqanoq tutmaydi. Lekin, ma’lum vaqtlarda bo’ladigan xayolparishonlik xurujida (ayniqsa, tunlari) bemorning harakati, yurish-turishi to’g’ri bajarilishi mumkin (masalan, transportga tushib aylanib kelishi, o’ylamaynetmay xatti-harakatlar qilaverishi va boshqalar). Xuruj tugagach bemor hech narsani bilmaydi va eslay olmaydi. Tutqanoq va titroqqa qarshi ta.sir ko.rsatadigan dori vositalari kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri, qo’llanilishi bo’yicha turlicha. Tutqanoqqa qarshi qo’llaniladigan asosiy preparatlar guruhlari: barbituratlar (fenobarbital, benzonal); gidantoin unumlari (difenin); oksazolidindion unumlari (trimetin); suksinimidlar (etosuksimid, pufemid); iminostilbenlar (karbamazepin); benzodiazepinlar (klonazepam); GAMKergik jarayonlarning stimulatorlari (atsediprol, vigabatrin); neyromediator aminokislotalarining ingibitorlari (lamotridjin); turli tuzilishga ega preparatlar (xlorakon, metindion). Qator uxlatadigan . tinchlantiradigan dori vositalari. Ular, asosan, bosh miya po’stloq qismidagi harakat markazining qo’zg’aluvchanligini zaiflashtiradi, shu bilan birga talvasaga sabab bo’lgan patologik o’choqdan impulslar tarqalishini (irradiatsiyasini) susaytiradi. Umuman olganda, ularning ta.siri turlicha Bo’lib, neyrofiziologik va neyrokimyoviy jarayonlarga qaratilgan. Jumladan, bu dori vositalari ta’siri bosh miyadagi tormozlovchi mediator hisoblangan gamma aminomoy kislotasining (GAMK) ortishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, ularning ta’siri nervlar oxiridagi adenozinuchfosfatazaga qaratilgan bo’lib, mediator ajralishini buzadi, degan fikr ham bor. Tutqanoqqa qarshi ishlatiladigan dori vositalarining davo ko.rsatish mexanizmi ular ta’sirida neyronlararo qo’g’alishning kamayishi, neyronlar qo’zg’alishining zaiflashishi, tormozlanishning kuchayishi va tormozlovchi neyronlarning qo’zg’alishi bilan tushuntiriladi. Qayd etilgan dori vositalari tutqanoqning barcha ko’rinishida kasallik xurujining oldini olish va davo qilish maqsadida qo’llaniladi. Davo ko’rsatishda tutqanoq xurujining nechog’lik tez yoki kam qayd qilib turishi, davom etish vaqti, uning turi, bemorning yoshiga qarab bitta preparat yoki tarkibida bir necha dori vositalarini saqlagan (piraminal, difenin, gluferol va boshqa) preparatlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Talvasaga qarshi qo’llaniladigan mavjud dori vositalari bemorni darddan butunlay forig’ qilib yubormay, kasallik xurujini ancha kamaytiradi, uning kechishini yengillashtiradi, davom etishini qisqartiradi, xolos. Preparatlar uzoq vaqt (bir necha oy) beriladi. 1.1,5 oylik tanaffusdan keyin davolash qaytariladi. O’zbekiston davlat reyestriga kiritilgan va asosiy preparatlar ro’yxatida qayd etilgan tutqanoqqa qarshi dori vositalari Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling