12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja


NQIK va NKK larini texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari


Download 194.5 Kb.
bet19/22
Sana09.01.2022
Hajmi194.5 Kb.
#258728
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
NQIK va NKK larini texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari. NQIK va NKK larini texnik-iqtisodiy qismini loyixalashda: qayta ishlash sferasini samaradorligi xaqida, xom ashyoni tanlash va maxsulot nomenklaturasi, korxonani quvvatini asoslari, kabi masalalar ko‘riladi.

Loyixalovchi-iqtisodchilar ishchi loyixalashning birinchi bosqichidanoq ishga kirishishlari shart. Ayniqsa bu amaldagi korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyixa ishlarida juda muximdir. Texnologlar tomonidan chizmani (zavodni) material oqimi va tovar balansini ishlab chikilgandan so‘ng, loyixalovchi-iqtisodchilar rayonlardagi neft maxsulotini narxi va o‘rtacha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

NQIK va NKK sini chizmasini tanlashda (mamlakatni) iqtisodiy rayonlarini neft maxsulotlari va neft kimyosi maxsulotlariga bo‘lgan talablari asosiy faktor xisoblanadi.

NQIK va NKK si texnik-iqtisodiy qismini loyixalashda ko‘pincha quydagilar kiritiladi: eksplutatsiya xarajatlar sarfi (xisobi), maxsulot tan narxi kadrlar tayyorlashga ketadigan xarajatlar va boshqalar.

SHuningdek loyixalashda korxonaning boshqa yirikroq iste’molchilari bilan aloqalari xam xisobga olinadi.

Maxsus bo‘limda xom ashyo bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. NQIK va NKK larni xom ashyo bilan ta’minlanganligi, neftlarini qazib olish va taqsimlash balanslari bilan asoslanadi, shuningdek korxonaga xom ashyoni olib kechish (etkazib berish) variantlari analiz qilib ko‘riladi va tanlangan variantni texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari keltiriladi. NQIK va NKK sini texnologik qismida korxonaning reagentlar, katalizatorlar va adsorbentlar bilan ta’minlash manbalari xam aniqlab olinadi.




Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling