12-Mavzu. Zavodning joylashishi. Vaziyatli rejalash. Nqiz va nkk yer maydonini rejali tashkillashtirish sxemasini tuzish. Reja


Loyixalashning texnik-iqtisodiy qismida


Download 194.5 Kb.
bet20/22
Sana09.01.2022
Hajmi194.5 Kb.
#258728
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Loyixalashning texnik-iqtisodiy qismida korxonaning xom ashyo va tayyor maxsulotlarni transportirovka qilish masalalari ko‘rilib chiqiladi. Bu qismda korxonada mavjud bo‘lgan maxsulot quvurlarini ishlatish yoki engisini qurishni texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

Loyixalanayotgan korxonaning boshqarish chizmasi. NQIK va NKK ni ishlab chiqaruv boshqarmasini loyixalashda, korxonaning boshqaruv strukturasi ishlab chiqiladi. Loyixadan kelib chiqib korxonani qanchalik markazlashganlgi va avtomatlashtirilganligi, korxonani boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish mumkin.

NQIK va NKK si loyixasi korxonaning amaldagi, yoki navbatda ishga tushiriladigan ob’ektlari, kengaytiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan qismlari yoki butun korxonani texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichini o‘zida mujassam etmog‘i darkor.

NQIK va NKK sini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosan: xom ashyo va tayyor maxsulot quvvati; NQIK uchun rangli neft maxsulotlarni tanlash; tovar maxsulot qiymati; yangi qurilishlar uchun jamg‘armalar; asosiy va rekonstruksiya uchun tovar maxsulotlari butun tannarxi; 1 so‘mlik maxsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar; foyda; rentabelnost; oxirgi chizilgan kapitallarni o‘zini oqlash davri va boshqalar bilan aniqlanadi.

Texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xisoblash uchun kerakli ma’lumotlar, ya’ni texnologik va energetik ko‘rsatkichlar, xom-ashyo va tayyor maxsulot, neft maxsulotlari, yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi sarf kiymatlari kiradi.

NQIKni quvvati asosan ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmi bilan aniqlanadi. Engil neft maxsulotlari foizlarda ifodalanadi, va NQIK ishlab chiqargan benzin, kerosin, dizel va pech yoqilg‘ilarini, korxona umumiy qayta ishlagan neftga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.

Tovar maxsulot tan narxi amaldagi ulgurji (optovыy) narxlar bilan ifodalanadi. SHuningdek narxlar preyskurantlar bo‘yicha belgilanishi xam mumkin.

Korxonani yangi qurilishi, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish uchun kerakli kapital kiritmalar smeta xisobi bilan aniqlanadi.

Yangi korxonani loyixalashda asosiy sanoat – ishlab chiqarish fondlarini quyidagicha topish mumkin: smeta bo‘yicha belgilangan umumiy kapital kiritmalar xisobidan, ishlab chiqarish fondini tashkil qiladigan xarajatlar ayrilib (chiqarib) tashlanadi.

Aylanma fondlarni amaldagi normativlarga asosan tovar maxsulot tan narxini foizlarda ifodalanishi bilan aniqlanadi. Xar-xil yo‘nalishdagi NQIK uchun quyidagi normativlar keltirilgan: yoqilg‘i profilidagi korxona uchun – 5,2%; yoqilg‘i-moy profili uchun 6,4%; neftkimyosi kompleks yoqilg‘i-moy bilan 7,0%.

Tovar maxsulotini to‘liq tannarxi (yoki ekspluatatsiya xarajatlar)ni (aniqlash) ishlab chiqarish xarajatlari smetasini tuzish bilan topiladi.

Xarajatlar smetasiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sarflari kiradi. Smeta xarajatlarini quydagicha guruxlash mumkin: 1) xom aщyo va asosiy materiallar; 2) yordamchi materiallar; 3) tashqaridan olingan yoqilg‘i; 4) barcha turdagi energiya; 5) (oylik) maosh; 6) asosiy fondlar amortizatsiyasi; 7)boshqa pul sarflari.

«Xom aщyo va asosiy materiallar» bo‘limiga tashqaridan kelayotgan neft, gazo-kondensati, yarimfabrikatlar va qo‘shimchalar narxini xam o‘z ichiga oladi. Masalan, bitum yoqilg‘i va moylar uchun prisadkalar; korroziyaga qarshi ingibitorlar.

«YOrdamchi materiallar»ga asosan, texnologik maqsadlarda ishlatiladigan materiallar narxi kiradi. Texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan materiallar sarfiga quydagilar kiradi: reagentlar, erituvchilar, katalizatorlar (bularning narxi preyskurant bo‘yicha aniqlanadi). SHu qismda qurilma va jixozlarni, bino va qurilmalarni ta’mirlash uchun kerak bo‘ladigan extiyot qismlar uchun xarajatlar, qurilmani ishchi xolida saqlab qolish va ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik ishlari uchun sarflar xam kiradi.

Sarflanayotgan yoqilg‘i narxiga faqat tashqaridan kelayotgan tabiiy gaz, parkdagi avtomobillar uchun kerakli yoqilg‘i, korxonani qozonxonasi va IES da energiya olish uchun kerakli yoqilg‘ilar kiradi.

Bularga texnologik jarayonlarda olingan mazut va gaz kirmaydi, chunki bularning narxi xom ashyo narxiga kirib ketgandir.

Barcha turdagi energiyalarga sotib olinadigan energiyalar (bug‘, suv) kiradi. Bu energiyalar ishlab chiqarish va xo‘jalik ishlari uchun ishlatiladi.

Ma’lum rayon uchun elektr va boshqa energiyalarni narxlari mavjud bo‘ladi. SHundan kelib chiqib korxona energiyaga faqat is’temol qilinganiga xaq to‘laydi.


Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling