120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- 133. Dolchin kislota olishning ikkinchi usuli Reaktivlar.
Sifat reaksiyalari. 1. Qoʻshbogʻni aniqlash. 0,5 g dolchin kislota xloroformda eritiladi va unga bromning xloroformdagi eritmasi qoʻshiladi Brom rangining yoʻqolishi qoʻshbogʻ borligidan darak beradi.
2. Probirkada 0,5 g dolchin kislota bir tomchi 0,5 n. kaliy permanganatning neytral eritmasi bilan aralashtiriladi. Probirkaning ogʻzi benzidinning efirli eritmasida hoʻllangan filtr qogʻozi bilan berkitiladi. Reaksion aralashma qaynab turgan suv xammomida isitilsa, filtr qogʻozida sariq dogʻ paydo boʻladi. 3. Probirkada 0,3- 0,5 g dolchin kislota suyultirilgan soda eritmasida eritiladi va unga ozroq kaliy permanganat eritmasi qoʻshiladi. Marganes (IV) oksid hosil bo‘lishi tufayli eritmaning qizil rangi qoʻngʻir rangga aylanadi. 133. Dolchin kislota olishning ikkinchi usuli Reaktivlar. 10 ml benzaldegid, 15 ml sirka angidrid, xlorid kislota (d-1,18), qizdirilgan kaliy karbonat va natriy gidroksid. Qaytarma sovitgich ulangan 200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 10 ml yangi haydalgan benzaldegid, 15 ml sirka angidrid va qizdirib 7 g qizdirib yaxshi maydalangan kaliy karbanat solinadi. Kolba 180°С gacha qizib turgan moy yoki qum hammomiga qoʻyiladi va vaqt-vaqti bilan chayqatib turib, temperaturani oʻzgartirmay 2 soat qoldiriladi. Soʻngra reaksion aralashma 100°С gacha (hammomning temperaturasi) sovitiladi va ustiga 140 ml natriy gidroksidning 2 n. eritmasidan 140 ml qoʻshilganidan soʻng reaksiyaga kirishmay qolgan benzaldegid suv bugʻi bilan haydaladi (33-rasm). Haydash kolbasida qolgan qoldiqqa aktivlangan koʻmir qoʻshiladi va 10-15 minut qaynatiladi. Qaynab turgan eritma tezda qaynoq filtrlash voronkasida filtrlanadi. (Qaynoq filtrlash voronkasi oldindan qizdiriladi). Xona temperaturasigacha sovitilgan filtratga kongo boʻyicha kislotali muhit hosil boʻlguncha taxminan 30 ml xlorid kislota qoʻshiladi. Yaltiroq bargsimon kristallar shaklida choʻkmaga tushgan dolchin kislota filtrlab olinadi va havoda quritiladi. Agarda dolchin kislota yetarli darajada toza boʻlmasa, qaynoq suvda qayta kristallantiriladi. Dolchin kislotaning miqdori 6 g atrofida. Dolchin kislotaning xossalari va sifat reaksiyasi 214- betdagi “Dolchin kislota” (“Perkin reaksiyasi”) dan qaralsin. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling