120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- 132. Dolchin kislota ( Perkin reaksiyasi) Reaktivlar.
Sifat reaksiyasi. Xalqondagi qoʻsh bogʻni aniqlash reaksiyasini “Benzalatseton” ishidan koʻring.
131. 1,3,5 –trifenilbenzol. Reaktivlar. 28 ml atsetofenon, anilin, anilin xlorid, muz sirka kislota, xlorid kislota ( d-1,18),. dietil efir. Qaytarma sovitgich va kolba tubiga tushib turadigan termometr bilan jihozlangan 100 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga (16-rasm) 28 ml atsetofenon, 29 ml anilin va 2 g anilinxlorid solinadi. Aralashma moy hammomida 165-170°Сtemperaturada 1 soat davomida qizdiriladi. Soʻngra qaytarma sovitgich pastga qiya sovitgich bilan almashtiriladi va reaksion kolbani moy hammomida qizdirib turgan xolda aralashma temperaturasini 185-190°Сda saqlab anilinning asosiy massasi (taxminan 27 ml) xaydaladi. Xona temperaturasigacha sovitilgan kolbaga 30 ml muz sirka kislota qoʻshiladi. Pasta qiya sovitgich qaytarma sovitgichga almashtiriladi va reaksion aralashma asbest toʻr ustida 30 minut davomida qaynatiladi. Qaynoq eritma (moʻrili shkafda!) stakanga quyiladi va xona temperaturasigacha sovitiladi Soʻngra u muzli suv xammomiga quyiladi. Choʻkmaga tushgan 1,3,5-trifenilbenzol filtrlanadi va muz sirka kislotadan qayta kristallantiriladi. 1,3,5- trifenilbenzolning miqdori 12 g atrofida. 1,3,5 Trifenilbenzol - qattiq modda, efirda rangsiz ignasimon shaklda kristallanadi, benzolda eriydi, spirtda, efirda yomon eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 170°C; =1,206. Molekulyar massasi 306,4. 132. Dolchin kislota ( Perkin reaksiyasi) Reaktivlar. 15,2 ml, benzaldegid, 22,4 ml sirka angidrid, suvsizlantirilgan natriy atsetat, natriy karbonat, xlorid kislota. Qaytarma sovitgich ulangan 150-200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 15,2 ml yangi xaydalgan benzaldegid, 8,2 g suvsizlantirilgan natriy atsetat va 22,4 ml sirka angidrid aralashmasi solinadi. Aralashma asbest toʻr ustida 8 soat davomida sekin qaynatiladi. Tajriba toʻxtatilgan vaqtda reaksion aralashmaga havodan nam kirmasligi uchun sovitgichning uchi kalsiy xloridli naycha bilan berkitiladi. Kondensatlanish reaksiyasi nihoyasiga yetgach, qaynoq aralashma 750 ml xajmli tubi yumaloq kolbaga agʻdariladi, 250 ml issiq suv qoʻshiladi hamda ortiqcha miqdorda olingan benzoy aldegid va reaksiya vaqtida hosil boʻlgan sirka aldegid suv bugʻi bilan xaydaladi (33-rasm). Kolbada qolgan reaksion aralashma quruq natriy karbonat bilan neytrallanadi va moysimon qoʻshilmalardan tozalash maqsadida qaynoq holida burma filtr orqali filtrlanadi. Dolchin kislotani choʻktirish uchun qaynoq filtratga qizil kongo boʻyicha kislotali muhit hosil boʻlguncha xlorid kislota qoʻshiladi va sovitiladi. Choʻkmaga tushgan dolchin kislota filtrlab olinadi va quritiladi. Kislotani tozalash uchun u qaynoq suvdan qayta kristallantiriladi. Dolchin kislotaning miqdori 10 g atrofida. Dolchin kislota (8-fenilakril kislota) sis va trans shakllarda mavjud. Odatdagi trans - shakli rangsiz kristall modda, efirda, xloroformda, spirtda (20°С da 4 qism spirtda bir qism kislota) eriydi, suvda kam eriydi (17°С da 3500 qism suvda 1 qism kislota). Qaynash temperaturasi 300°С; suyuqlanish temperaturasi 133°С; =1,2475. Molekulyar massasn 148,16. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling