120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- 130. Benzalatsetofenon (xalqon) Reaktivlar.
Sifat reaksiyasi. Qoʻsh bogʻni aniqlash. Probirkada 0,3-0,5 g benzalatseton xloroformda eritiladi va bromning xloroformdagi eritmasi qoʻshiladi. Bromning rangsizlanishi qoʻsh bogʻ borligidan darak beradi.
129. Dibenzalatseton. Reaktivlar. 7,5 ml benzaldegid, 2,8 ml atseton, natriy gidroksid, etil spirt. Aralashtirgich bilan jixozlangan 250 ml sigʻimli stakanga xona temperaturasigacha sovitilgan 7,5 g natriy gidroksidning 75 ml suv va 60 ml spirtdagi eritmasi quyiladi. Yaxshilab aralashtirib turib va eritmaning temperaturasini 20-25°С da saqlagan holda unga 7,5 ml benzaldegid va 2,8 ml atsetondan tayyorlangan aralashmaning yarmi qoʻshiladi. Ikkinchi yarmi saqlanadi. 2-3 minutdan soʻng eritma loyqalanadi va tezlikda pagʻa-pagʻa choʻkma hosil boʻladi. Reaksion massa 15 minut aralashtiriladi, soʻngra unga aralashmaning qolgan ikkinchi yarmi qoʻshiladi. Aralashma saqlangan idishga ozroq spirt quyib, chayqatib reaksion massaga qoʻshiladi va yana 30 minut aralashtiriladi. Soʻngra hosil boʻlgan dibenzalatsetonning atalasimon choʻkmasi Byuxner voronkasida filtrlanadi. Filtrdagi choʻkma distillangan suv bilan yuviladi va filtr qogʻozi orasida quritiladi. Dibenzalatsetonning miqdori 7 g. Dibenzalatseton - sariq rangli kristall modda, atsetondan plastinkasimon shaklda kristallanadi, haydalganda parchalanadi, xloroformda, atsetonda eriydi, efirda, spirtda kam eriydi suvda erimaydi Molekulyar massasi 234,3. Suyuqlanish temperaturasi 112°С. Dibenzalatsetondagi qoʻsh bogʻni aniqlashni “Benzalatseton” ishidan koʻring. 130. Benzalatsetofenon (xalqon) Reaktivlar. 4,8 ml atsetofenon1, 5 ml benzaldegid, natriy gidroksid, etil spirt (95 % li). Aralashtirgich va termometr bilan jihozlangan 200 ml sigʻimli stakanga 2,18 g natriy gidroksidning 19,6 ml suv va 12,25 ml 95 % li etil spirt aralashmasidagi eritmasi quyiladi. Ishqoriy eritmaga 4,8 ml yangi haydalgan atsetofenon qoʻshiladi. Reaksion kolba muzli xammomga quyiladi va 5°Сtemperaturada birdaniga 5 ml benzaldegid qoʻshiladi. Kondensatlanish reaksiyasi ekzotermik reaksiyadir. Bu reaksiya (muzli xammomni olib tashlab) faqat 26°Сtemperaturada va aralashmani yaxshilab aralashtirib turgan xolda olib boriladi. Agar temperatura 26°Сdan past boʻlsa va sekin aralashtirilsa, xalqon moy holida ajralib chiqib, yirik boʻlakchalar hosil qiladi. Agar reaksiyaning temperaturasi 30°Сdan ortib ketsa qoʻshimcha reaksiyalar borishi hisobiga xalqonning tozaligi pasayadi va kam hosil boʻladi. 2-3 soatdan soʻng aralashma quyuqlashadi. Aralashma sovuq joyda bir kecha qoldiriladi. Choʻkmaga tushgan xalqon tuz Byuxner voronkasida filtrlanib, muz bilan tuz aralashmasida sovitib quyilgan probirkaga solinadi, 0°Сgacha sovitilgan 3 ml etil spirt bilan filtrda yuviladi va massasi oʻzgarmay qolguncha havoda quritiladi. Xalqonning miqdori 9 g. Toza xalqon olish uchun u 95 % li spirtdan qayta kristallantiriladi agar 1 g xalqonga 4 g spirt olinadi 7 g xalqon olinadi. Benzalatsetofenon (fenilstirilketon, xalqon) - och sariq rangli plastinkachalar shaklidagi kristall modda, efirda, uglerod sulfidda, benzolda eriydi, spirtda oʻrtacha eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 58°С. Qaynash temperaturasi 348°С; 219°C (18 mm sim. ust.). Molekulyar massasi 208,26. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling