120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
124. o-Aminofenol.
Sintezni bir kunda tugatish zarur. Reaktivlar. 15 g o-nitrofenol, 4,3 g natriy gidroksid, 75 g kristall xolidagi natriy sulfid, natriy gidrosulfat, etil spirt. 75 g kristall xoldagi natriy sulfid chinni kosachada ochiq alangada suyuqlantiriladi. Shu bilan bir vaqtda natriy o-nitrofenolyat tayyorlanadi. Buning uchun chuqur chinni xovonchada 4,3 g natriy gidroksid eritiladi va unga 15 g o-nitrofenol va 7,5 ml suv solinadi. Aralashma qizil rangli quyuq pasta hosil boʻlguncha ishqalab aralashtiriladi! Suyuqlangan natriy sulfid massasiga 110-115°Сda (undan ortmasligi kerak) oz-ozdan aralashtirib turib, asta-sekin shpatel bilan natriy o-nitrofenolyat qoʻshiladi. Soʻngra reaksion aralashmani aralashtirib turib 45 min 125-130°С da qizdiriladi. Reaksiya tamom boʻlganligi quyidagicha aniqlanadi: bir tomchi qotishma suvda butunlay erib ketishi kerak. Reaksiya tugashi bilan qizdirish toʻxtatiladi va qotishma 230 ml suvga quyiladi. Hosil boʻlgan aralashma burma filtr orqali filtrlanadi va issiq filtratga erkin ishqorni neytrallash va o-aminofenolni ajratib olish uchun karbonat angidrid yuboriladi. Karbonat angidridni moʻrili shkaf ostida yuborish kerak, chunki bunda vodorod sulfid ajralib chiqadi. Suyuqlik namunasiga ozroq suyultirilgan natriy bisulfit eritmasi qoʻshilganda koʻpirmaguncha karbonat angidrid yuborish davom ettiriladi. Natriy bisulfitli namuna yana reaksion massaga quyiladi. Eritma xona temperaturasigacha sovitilgandan soʻng o-nitrofenol filtrlanadi, 2 ml 10 % li natriy bisulfit eritmasi qoʻshilgan 15 - 20 ml muzli suv bilan yuviladi. Soʻngra yana (10 ml) suv va (10 ml) etil spirt bilan yuviladi. o-aminofenol kristallari voronkada siqiladi va 100-110°С da quritiladi. o-aminofenol miqdori 9 g atrofida. o-aminofenol (o-oksianilin)-rangsiz kristall modda, tashqi qoʻrinishi ignaga oʻxshaydi, suvda, spirtda, efirda, benzolda kam eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 174°С, sublimatlanadi. Uzoq turib qolganda jigar rangacha boʻyaladi. Molekulyar massasi 109. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling