120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
123. Anilin.
1. Nitrobenzolni temir bilan qaytarib anilin olish. Reaktivlar. 10,3 ml nitrobenzol, 20 g temir (mayda qirindisi), 90 ml xlorid kislota (d-1,18), kaliy gidroksid, dietil efir. Ish mo’rili shkafda bajariladi! Sigʻimi 500 ml li tubi yumaloq kolbaga 10,3 ml nitrobenzol va 20 g temir qirindisi solinadi. Soʻngra oz-ozdan, taxminan 1-2 ml dan, konsentrlangan xlorid kislota qoʻshiladi. Hargal kislota qoʻshilganidan soʻng kolba 25-30 mm uzunlikdagi nay yoki havo sovitgich oʻrnatilgan rezina probka bilan berkitiladi va kolbadagi maxsulot yaxshilab aralashtiriladi. 20 ml xlorid kislota qoʻshilgandan keyin uning qolgan qismi (70 ml) 8-10 ml li porsiyalarga boʻlib qoʻshiladi.Agar qaytarilish reaksiyasi shiddatli borsa, kolba suv bilan sovitiladi. Xlorid kislotaning hammasi qoʻshib boʻlingach kolba vaqt-vaqti bilan chayqatib turilgan xolda qaynayotgan suv xammomida 30 min davomida qizdiriladi. Nitrobenzol xidi chiqmay qolishi reaksiya tamom boʻlganidan darak beradi. Soʻngra aralashmaga ishqoriy muhit hosil boʻlguncha ehtiyotlik bilan 30 g natriy gidroksidning 40 ml suvdagi eritmasi qoʻshiladi. Bunda suv bugʻi bilan xaydash asbobi tayyorlab quyilganidan keyin, aralashmaga ishqor eritmasi quyiladi, aks xolda, anilinning bir qismi bugʻlanib ketishi mumkin. Anilin qaynoq reaksion aralashmadan suv bugʻi bilan xaydab olinadi (33-rasm). Yigʻgich-kolbada yigʻilgan suvli emulsiya asta-sekin qavatlarga ajraladi. Sovitgichdan rangsiz distillat ajrala boshlangandan soʻng yana 80 ml ga yaqin suyuqlik haydaladi. Anilin suvda sezilarli darajada eriydi, shu sababli uni mumkin qadar toʻla ajratib olish uchun xaydab olingan mahsulot osh tuzi bilan toʻyintiriladi. Buning uchun har 100 ml distillatga 20 g yaxshi maydalangan natriy xlorid qoʻshiladi. Aralashtirib turilgan xolda osh tuzi eritiladi va anilin ketma-ket 40, 20 va 20 ml efir bilan ekstraksiyalab ajratib olinadi. Ekstraktlarni qoʻshib kaliy gidroksidning bir nechta qattiq boʻlakchalari bilan quritiladi va asbobdan uzoqroqda, 65-70°С gacha isitilgan suv xammomida efir xaydaladi. Efir xaydalib boʻlingandan keyin, oʻsha kolbadan havo sovitgichi orqali anilin haydaladi. Anilin miqdori 9 g atrofida. Anilin (aminobenzol) oʻziga xos xidli rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik, yorugʻlik ta’sirida va havoda qorayadi, suvda yomon eriyli (20°Сda 3% va 100°Сda 6%), spirt, efir, benzol bilan aralashadi. Molekulyar massasi 93,14; suyuqlanish temperaturasi - 6,15°С; qaynash temperaturasi 184,4°С: =1,0217; =1,5863 Anilin kuchli zaxar. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling