120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar


Download 323.34 Kb.
bet6/15
Sana17.06.2023
Hajmi323.34 Kb.
#1539478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
200-240

Sifat reaksiyasi. Probirkadagi bir tomchi o-aminofenolning efirli yoki spirtli eritmasiga bir tomchi 0,02 % li glioksadning suvli eritmasi qoʻshiladi. Probirka qaynab turgan suv xammomida 2 min davomida qizdiriladi va sovitiladi. Kondensatsiya reaksiyasi natijasida rangsiz Shiff asosi hosil boʻladi. Soʻngra probirkaga bir chimdim yangi qizdirilgan oxak solinganda, shu ondayoq Shiff asosining ichki kalsiyli tuzining qizil rangi paydo boʻladi.
125. Nitroanilin.

Reaktivlar. 10 g m-dinitrobenzol,25 g kristall xolidagi natriy sulfid.
Ishni mo’rili shkafda oʻtkazish kerak! 200-250 ml li tubi yumaloq kolbaga 50 ml suv quyib 85°С gacha isitiladi. Soʻngra qaynoq suvga 10 g yaxshilab maydalangan m-dinitrobenzol solinadi. Kolbadagi aralashma m-dinitrobenzolning mayin kolloid eritmasi hosil boʻlguncha yaxshilab aralashtiriladi va 25 g natriy sulfidning 20 ml suvdagi eritmasi asta-sekin quyiladi. Qaytarilish reaksiyasining nihoyasiga yetganligi quyidagi namuna bilan aniqlanadi: filtr qogʻozini reaksion eritmaning tomchisi bilan namlab, ustiga mis sulfat eritmasidan tomiziladi. Agar hosil bo’lgan mis sulfidning qora dogʻi 20 sekund davomida yoʻqolmasa, reaksiya nihoyasiga yetgan deyish mumkin. Reaksion massa xona temperaturasigacha sovitiladi va bir kecha qoldiriladi. Choʻkmaga tushgan m-nitroanilin filtrlab olinadi va suvda qayta kristallantiriladi. m-nitroanilin miqdori 5 g atrofida.
m- nitroanilin (1-amino, 3-nitrobenzol) - qattiq modda, etanoldan sariq ignasimon koʻrinishda kristallanadi, efirda eriydi, benzolda yomon eriydi. Qaynash temperaturasi (qaynaganda parchalanadi) 305°C; suyuqlanish temperaturasi 111,8°С; molekulyar massasi 138; = 1,430.
126. α-Naftilamin.

Reaktivlar. 10, 5g - nitronaftalin, 15 g granullangan rux, xlorid kislota (d-1,18), etil spirt.
Sigʻimi 200 ml li kolbada 10,5 g a-nitronaftalin 50 ml spirtda eritiladi. Unga 45 ml konsentrlangan sulfat kislota qoʻshiladi va aralashma bir oz qizdiriladi. Hosil boʻlgan eritmaga asta-sekin rux qoʻshiladi. Reaksiya vaqtida aralashma oʻz-oʻzidan qiziydi. Reaksiya tugaganidan soʻng eritma qaynoqligicha Byuxner voronkasida filtrlanadi. Sovitilganda filtratdan α-naftilamin xlorid tuzining kristallari choʻkmaga tushadi. Ular filtrlanadi, filtrda ozroq spirt bilan yuviladi va havoda quritiladi. o-naftilamin tuzining miqdori 8 g atrofida, α-naftil-amin (1-naftilamin) - yoqimsiz xidli, rangsiz kristall modda, spirtda va efirda ignasimon kristallar hosil qiladi, havoda oksidlanib qorayadi, suvda kam eriydi, spirtda, efirda yaxshi eriydi. Qaynash temperaturasi 301°С; suyuqlanish temperaturasi 50°С, =1,1229; bugʻ bilan uchuvchan. Molekulyar massasi 143,2.

Download 323.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling