120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- 127. Fenilgidrazin ( diazoniy tuzining qalay (II) xlorid bilan qaytarish). Reaktivlar.
Sifat reaksiyalari. 1. Probirkada xlorid kislota qoʻshilgan α-naftilaminning suvdagi eritmasi bilan temir (ІІ)-xlorid qizdirilganda koʻk-yashil pagʻa-pagʻa choʻkma (kompleks tuz) hosil buladi.
2. Azobirikish. Probirkada sulfanil kislota kristallaridan bir necha boʻlakchasi iloji boricha oz hajmdagi 2,5 % li soda eritmasida eritiladi. Soʻngra unga natriy nitrit kristallaridan bir necha dona solinadi va aralashmaga muz sirka kislota qoʻshiladi. Diazoniy tuzining ajralishi kuzatiladi. Hosil boʻlgan muallaq eritmaga o-naftilamin xloridning sirka kislotadagi eritmasidan (1:1) bir necha tomchi to-miziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bir necha minutdan soʻng suvda eruvchan, pushti rangli azobo‘yoqning hosil boʻlishi kuzatiladi. 127. Fenilgidrazin ( diazoniy tuzining qalay (II) xlorid bilan qaytarish). Reaktivlar. 9 ml anilin, 7,3 g natriy nitrit, 56 g qalay (II)-xlorid, xlorid kislota (d-1,18),natriy gidroksid, dietil efir, kaliy karbonat. Fenilgidrazin zaxarli. Ish vaqtida extiyot boʻling! 250 ml sigʻimli stakanga 90 ml konsentrlangan xlorid kislota quyiladi va aralashtirib turib 9 ml anilin qoʻshiladi. Stakan tuzli muz aralashmasiga quyiladi va 0°Сda kuchli aralashtirib turib, ustiga 0°Сgacha sovitilgan natriy nitrit eritmasidan (40 ml suvda 7,3 g) asta-sekin qoʻshiladi. Diazotirlash reaksiyasining nixoyasiga yetganligi yod-kraxmalli qogʻoz bilan tekshiriladi (162-bet). Hosil qilingan diazoniy tuzi eritmasiga aralashtirib turib 0°С gacha sovitilgan 56 g qalay (I1)-xloridning 47 ml konsentrlangan xlorid kislotadagi eritmasi qoʻshiladi. Diazobirikmaning qaytarilish reaksiyasi jarayonida fenilgidrazin xlorid kristallari hosil boʻladi. Reaksion massa sovuqda bir necha soat qoldiriladi. Choʻkmaga tushgan kristallar filtrlanadi va filtrda shisha probka bilan siqiladi. Kristall xolidagi choʻkma kichkina kolbaga solinadi va 25 % li natriy gidroksidning moʻl miqdordagi eritmasi bilan neytrallanadi. Moysimon qavat koʻrinishida ajralgan erkin fenilgidrazin efir bilan ekstraksiyalanadi. Efirli eritma qizdirilgan kaliy karbonat yoki natriy gidroksid boʻlakchalari bilan quritiladi va efir suv xammomida xaydab olinadi. Kolbada qolgan fenilgidrazin vakuumda xaydaladi (35-rasm). Fenilgidrazin miqdori 9 g atrofida. Fenilgidrazin - och-sariq suyuqlik, muz bilan sovitilganda kristall xolida qotadi. Suyuqlanish temperaturasi 19,6°С; qaynash temperaturasi 137-138°С (18 mm sim. ust.). Fenilgidrazin zaxarli, uni zich yopilgan shisha idishda saqlash kerak. Molekulyar massasi 108. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling