120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar


Download 323.34 Kb.
bet2/15
Sana17.06.2023
Hajmi323.34 Kb.
#1539478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
200-240

121. Benzil spirt.

Reaktivlar. 11,9 ml benzoy aldegid, natriy gidroksid, formalin, natriy bisulfit, suvsizlantirilgan natriy sulfat.
Aralashtirgich, qaytarma sovitgich va tomizgich voronka bilan jihozlangan 200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga (48-rasm) 11,9 ml yangi haydalgan benzoy aldegid, 30 ml suv va 30 ml 35-40 % li formalin eritmasi quyiladi. Toʻxtovsiz aralashtirib turgan xolda reaksion aralashmaga 30 ml natriy gidroksidning 40 % li eritmasi tomizgich voronka orqali qoʻshiladi. Bunda aralashmaning temperaturasi 70°Сgacha koʻtariladi. Soʻngra reaksion aralashma 10 soat qoldiriladi. Suyuqlik ikki qavatga boʻlinadi: ustki qavat benzil spirt ajratgich voronka yordamida ajratib olinadi, natriy bisulfit eritmasi, suv bilan yuviladi va suvsizlantirilgan natriy sulfat bilan quritiladi. Quritilgan eritma Vyurs kolbasiga quyiladi va kolbani asbest toʻri ustida qizdirib turib, benzil spirt xaydaladi. Benzil spirtnig miqdori 7,5 g. qaynash temperaturasi 206°С. Benzil spirt “Benzil spirtni benzaldegiddan olish usuliga”, qarang.
122. Azoksibenzol.

Reaktivlar. 6,2 ml nitrobenzol, 5 g natriy metali, 50 ml metil spirt.
Ikki ogʻizli forshtoss orqali qaytarma sovitgich bilan jihozlangan 200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 50 ml metil spirt quyiladi va forshtossning tik nayi orqali asta-sekin spirt bir tekis qaynaydigan qilib 5 g natriy metalining kichik boʻlakchalari solinadi. Kolbani tashqi tomonidan suv bilan sovitish mumkin emas. Natriyning xammasi reaksiyaga kirishib boʻlganidan soʻng kolbaga 6,2 ml yangi haydalgan nitrobenzol quyiladi. Kolbani vaqt-vaqti bilan chayqatib turib, aralashma 3 soat suv xammomida qiziriladi. Soʻngra reaksion aralashmadan reaksiyaga kirishmay qolgan nitrobenzol va spirt suv bugʻi bilan xaydaladi (33-rasm). Kolbada qolgan mahsulot muz bilan sovitiladigan stakanga quyiladi. Choʻkmaga tushgan azoksibenzol kristallarini filtrlab olib, filtrda suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. Olingan azoksibenzol (15 ml) metil spirtda qaytadan kristallantiriladi. Azoksibenzol miqdori 5-6 g.
Azoksibenzol - och sariq rangli kristall modda, suvda erimaydi, spirtda, efirda eriydi, xaydalganda parchalanadi. =1,246. Molekulyar massasi 198,22; suyuqlanish temperaturasi 36°C.

Download 323.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling