120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
Sifat reaksiyasi. Oksalat sirka efirning yenol formasi mavjudligini “Asetosirka efir” ishidan qarang.
138.Benzoilatseton Reaktivlar. 20 ml quritilgan sirka etil efir. 9.7 ml atsetofenon, 2 g natriy metali, absalyut dietil efir, sirka kislota. Sirka etil efir bilan ishlashda extiyot boʻlish kerak. U oʻtga xavfli va havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Natriy metali bilan ishlashda ham extiyot boʻlish kerak. 250 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga kalsiy xloridli naycha bilan berkitilgan qaytarma sovitgich ulanadi. Kolbaga 9,7 ml atsetofenon hamda 20 ml quruq sirka etil efirning absolyut efirdagi eritmasidan 60 ml quyiladi va asta-sekin 2 g yupqa qilib kesilgan natriy metali tashlanadi (himoya koʻz-oynagi taqilsin!). Bir ozdan soʻng kondensatsiya reaksiyasi boshlanadi va aralashma qaynaydi. Aralashma qaynab boʻlgach kolba suv xammomida 45 minut davomida qizdiriladi. Shundan soʻng reaksion massa sovitiladi. Choʻkmaga tushgan natriy benzoilatseton Byuxner voronkasida filtrlanadi, quruq etil atsetat bilan filtrda yuviladi va filtr qogʻozlari orasida ezib quritiladi. Soʻng natriy benzoil atseton 100 ml suvda eritiladi, filtr-lanadi va filtratni muz bilan sovitib turib, sirka kislota qoʻshish yo‘li bilan kislotali muhitda benzoil atseton choʻkmaga tushiriladi. Choʻkmaga tushgan kristallarni filtrlab, suv bilan yuviladi va eksikatorda quritiladi. Benzoil atsetonning miqdori 3 g atrofida. Benzoilatseton (1- fenil- 1,3- butandiol) - oʻtkir hidli kristall modda, spirtda, efirda, konsentrlangan ishqorlarda yaxshi eriydi, uchuvchan. Suyuqlanish temperaturasi 261-262°С; 134-136°С(16 mm sim. ust.). =.1,044. Molekulyar massasi 162,2. Sifat reaksiyasi. Benzoil atsetonning yenol formasini aniqlashni “Asetosirka efir” ishidan qarang. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling