120. Furfuril spirt va pirosliz kislota. Reaktivlar
Download 323.34 Kb.
|
200-240
- Bu sahifa navigatsiya:
- 137. Oksalat sirka efir Reaktivlar.
Sifat reaksiyasi. Yenol formani aniqlash. Bir necha tomchi atsetosirka efir suvda eritiladi va unga 1-2 tomchi temir (III) - xlorid eritmasidan qoʻshiladi, qizil binafsha rang hosil boʻladi. Agar rangli eritmaga bromli suv qoʻshilsa, rang yoʻqoladi, chunki brom efirning yenol formasi bilan ta’sirlashadi. Lekin bir qancha vaqt oʻtgach yana rang paydo boʻladi. Bu oʻzgarish muvozanat hosil boʻlguniga qadar keton formadan asta-sekin erkin forma hosil boʻlishi bilan tushuntiriladi.
137. Oksalat sirka efir Reaktivlar. 7,5 g dietiloksalat, 6 ml suvsizlantirilgan etil atsetat , 12 g natriy metalli, absolyut etil efir, sulfat kislota, natriy karbonat, kalsiy xlorid. Sirka etil efir bilan ishlashda extiyot boʻlish kerak. U oʻtga xavfli va havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Natriy metali bilan ishlashda xam extiyot boʻlish kerak. Ikki shoxli forshtoss orqali tomizgich voronka va kalsiy xloridli naycha ulangan qaytarma sovitgich bilan jihozlangan 100-150 ml sigʻimli tubi yumaloq kolbaga 40 ml absolyut efir quyiladi va mayda qilib qirqilgan natriy boʻlakchalaridan extiyotlik bilan 12 gramm solinadi (himoya koʻzoynagini kiyish kerak!). Soʻngra kolbaga 7,5 g dietiloksalat qoʻshiladi va tomizgich voronka orqali suvsizlantirilgan 6 ml etilatsetat asta-sekin tomchilab quyiladi. Kondensatlanish reaksiyasi oʻz-oʻzidan boshlanadi. Sirka etil efirning xammasi qoʻshib boʻlingach reaksion aralashma suv xammomida (30°Сli) natriyning xammasi reaksiyaga kirishguncha, taxminan 1-1,5 soat davomida qizdiriladi. Soʻngra reaksion aralashma bir kecha qoldiriladi. Sariq massa holida ajralib chiqqan natriy oksalat sirka efiri filtrlanadi va filtrda ozroq miqdordagi quruq efir bilan yuviladi. Shundan keyin choʻkmani stakanga solib, ozroq suv bilan aralashtiriladi, unga bir necha boʻlak muz tashlab kislotali muhit hosil boʻlguncha 10 % li sulfat kislota eritmasidan qoʻshiladi. Eritmani ajratgich voronkaga quyib toʻrt marta tegishli 15, 10, 10 va 10 ml dietil efir bilan ekstraksiya qilinadi. Soʻngra ekstraktarni qoʻshib 10 % li kaliy karbonatning 3 ml eritmasi, soʻngra ikki marta suv (15 ml dan) bilan yuviladi va kalsiy xlorid bilan quritiladi. Quritilgan eritma burma filtr qogʻoz orqali Kleyzen kolbasiga filtrlanadi va efir suv hammomida haydaladi. Oksalat sirka efir vakuumda haydaladi. Oksalat sirka efirning miqdori 7 g atrofida. Oksalat sirka efir (keton qahrabo kislotaning dietil efiri) - rangsiz suyuqlik, suvda yomon eriydi, spirtda, efirda yaxshi eriydi. Qaynash temperaturasi 132°С(24 mm sim, ust.). Molekulyar massasi 188,18; =1,132; =1,4561. Download 323.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling