Sifat reaksiyasi. Ozazonning olinishi. Kichikroq kolbada 0,3 g glyukoza 20 ml suvda eritiladi. Hosil boʻlgan eritmaga 1 ml muz sirka kislota va 1 ml fenilgidrazin qoʻshiladi. Aralashma qaynab turgan suv xammomida isitiladi. 10-15
Karbonil birikmalarning kondensatlanish reaksiyalari
1 5- jadval
Sintez №
|
Moddaning nomi
|
Mahsulot miqdori (g)
|
Sintez davom etgan vaqt (C)
|
Eksperiment usullari
|
Ishkorlarning suvdagi eritmasi ishtirokida aromatik aldegidlarning alifatik aldegidlar yoki ketonlar bilan kondensatlanish reaksiyalarы-Klyayzen - Shmidt kondensatlanish.
|
128
|
Benzalatseton
|
10
|
8
|
Aralashtirgich, benzol bilan ekstraksiyalash, vakuumda haydash
|
129
|
Dibenzalatseton
|
7
|
4
|
Aralashtirgich
|
130
|
Benzalatsetofenon (xalkon)
|
9
|
14
|
Aralashtirgich, etanolda qayta kristallantirish
|
131
|
1,3,5-Trifenil benzol
|
12
|
6
|
Haydash, muz sirka kislotada qayta kristallantirish
|
Aromatik aldegidlarning asoslar ishtirokida karbon kislota angidridlari bilan kondensatlanishi. Perkin reaksiyasi.
|
132
|
Dolchin kislota
(Perkin ryeaksiyasi)
|
10
|
12
|
Suv bugʻi bilan haydash, suvda qayta kristallantirish
|
133
|
Dolchin kislota (2-variant)
|
6
|
8
|
Suv bugʻi bilan haydash, suvda qayta kristallantirish
|
134
|
2- furanakril kislota
|
|
14
|
Suv bugʻi bilan haydash, suvda qayta kristallantirish
|
135
|
Kumarin
|
10
|
8
|
Toluol bilan ekstraksiya qilish, suv bugʻi bilan haydash, etil spirtda qayta kristallantirish
|
Murakkab efirlarning kondensatlanish reaksiyalari.
|
136
|
Asetosirka efir
|
12
|
10
|
Natriy metali bilan ishlash, suv bugʻi bilan vakuumda haydash
|
137
|
Oksalatsirka efiri
|
7
|
18
|
Natriy metali bilan ishlash, vakuumda haydash
|
138
|
Benzoilatseton
|
8
|
6
|
Natriy metali bilan ishlash
|
Aromatik aldegidlar va aromatik kislota angidridlarining aromatik amin
lar va fenollar bilan kondensatlanishi.
|
Aromatik aldegidlarning birlamchi aromatik aminlar bilan kondensatlanishi.
|
139
|
Benzalanilin
|
15
|
6
|
Aralashtirgich, etil spirtdan qayta kristallantirish
|
Aromatik aldegidlarning uchlamchi aromatik aminlar bilan kondensatlanishi.
|
140
|
Malaxit yashili
|
0,8
|
16
|
Suv bugʻi bilan haydash
|
Aromatik kislota angidridlariniig fenollar bilan kondensatlanishi
|
141
|
Fenolftalein
|
1
|
10
|
|
142
|
Fluoressein
|
3,2
|
6
|
|
143
|
Eozin
|
2
|
4
|
|
Toʻyinmagan alifatik aldegidlarning aromatik aminlar bilan kondensatlanishi.
|
144
|
Xinolin (Skraup usuli)
|
10
|
12
|
Suv bugʻi bilan haydash, dietil efir bilan ekstraksiya qilish, haydash
|
145
|
8- Oksnxinolin (oksin)
|
8
|
10
|
Aralashtirgich, suv bugʻi bilan haydash
|
minutdan soʻng ozazon kristallari hosil boʻlishi kuzatiladi, yana bir soat isitiladi. Soʻngra eritma sovitiladi, kristallar filtrlanadi, suv bilan yuviladi va 70 % li spirtda qayta kristallantiriladi. temperaturasi 210°С.
128. Benzalatseton.
Reaktivlar. 20 ml atseton, 19,7 ml benzaldegid, natriy gidroksid, xlorid kislata,benzol.
Benzalatseton teriga kuchli taʼsir qiladi, shuning uchun u bilan ishlashda ehtiyot boʻlish kerak. Aralashtirgich bilan jihozlangan 100 ml sigʻimli stakanda 20 ml atseton (atsetonning ortiq miqdori dibenzalatsetonning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kerak) 19,7 ml yangi xaydalgan benzaldegid va 10 ml suv bilan aralashtiriladi. Reaksion aralashma suv xammomida sovitiladi. Soʻngra unga reaksion aralashmaning temperaturasi 25-30°Сda saqlangan holda asta-sekin 2,5 ml natriy gidroksidning 10 % li eritmasi quyiladi. Aralashma ikki soat davomida xona temperaturasida aralashtiriladi. Kondensatlanish reaksiyasi tugashi bilan reaksion massaga (lakmus yordamida sinalganda kislotali muhit hosil boʻlguncha) suyultirilgan xlorid kislota qoʻshiladi va ajratkich voronkaga quyiladi. Yuqoridagi sariq moysimon organik qavat pastki suvli qavatdan ajratiladi. Suvli qavat 16 ml benzol bilan (8 ml dan ikki marta) ekstraksiyalanadi. Olingan benzolli soʻrim organik qavatga qoʻshiladi. Qoʻshilgan organik eritma ajratgich voronkaga quyiladi, 5 ml suv bilan yuviladi va suv xammomida benzol xaydab olinadi qoldiq vakuumda haydaladi (35-rasm). Dastlabki xaydalgan koʻkish tusli bir necha millilitr distillat ajratiladi. Haydash mahsulotining qolgan qismi och-sariq rangli boʻladi. Xaydash vaqtida 148-160°С da (25 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Maxsulotni qayta haydab, 137-142°С(16 mm sim. ust.) qaynaydigan fraksiya yigʻiladi. Benzalatseton uzoq saqlanganda kristallanadi. Benzalatsetonning miqdori 10 g.
Benzalatseton (metilstirilketov) -plastinkasimon, rangsiz kristall modda, spirt, efir, xloroform, benzollarda eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 42°С; qaynash temperaturasi 260°С, 126°C (9 mm sim. ust.); = 1,0377; =1,5836; molekulyar massasi 146,19.
Do'stlaringiz bilan baham: |