Proteaza mexanizmi. Ba’zi – bir gormonlarning retseptorlar bilan kompleksi o’z samaralarini membrana proteazalarini faollashuvi orqali amalga oshirish qobiliyatiga ega. Aktseptor proteazalarining aktivatsiyasi natijasida molekulyar massasi 1-2 kD bo’lgan bitta yoki bir nechta glikopeptidlar xosil bo’ladi.
Faol retseptorlarni o’z ishchi tsiklidagi eliminatsiyasi va hujayralarni gormonlarga desensibilizatsiyasi muammosi. Gormonlar, ma’lumki bir tomondan muayyan oqsillarning sintezi va aktivatsiyasini boshqarsa, ikkinchi tomodan xujayrani gormonning keyingi dozalariga sezuvchanligini pasaytiradi yoki butunlay to’xtatib qo’yadi. Retseptor tsiklining zaruriy bosqichi xisoblangan ikkinchi jarayon desensibilizatsiya (desensitizatsiya, autodeinduktsiya, refrakterlik, taxifilaksiya, tolerantlik, ko’nikish) nomini olgan. Keyin muayyan vaqt oralig’ida gormon ta’siri tugagandan keyin xujayraning reaktivligi tiklanadi, ba’zan gipersensibilizatsiya kuzatiladi.
Desensibilizatsiya mexanizmida xujayra retseptorlari bir qismining dozaga bog’liq eliminatsiyasi xisoblanib, bu jarayon retseptorlar etishmovchiligiga olib keladi. Elminatsiya darajasi retseptorlarning dastlabki miqdorining 80-90% ni tashkil qilishi mumkin. Bunda gormon regulyator samarasining initsiatsiyasida ishtirok etayotgan va ishtirok etmagan retseptorlarning eliminatsiyasi ro’y beradi. Steroid gormonlar xolatida retseptorlar inaktivatsiyasi yadroda va extimol tsitozolda ro’y beradi. Bu jarayon retseptor oqsillarning fosfatazalar tomonidan defosfolirlanishi xisobiga ro’y beradi.
Membrana retseptorlari eliminatsiyasining eng extimoliy sabablaridan biri plazmatik membranalarda katta klasterlarning xosil bo’lish jarayoni bo’lishi mumkin. Xujayra yuzasidan ajralib, plazmaga o’tgan retseptor klasterlar lizosomaga o’tadi yoki tsitozolda suvda eriydigan molekula shakliga o’tadi. Desensibilizatsiyaning ba’zi-bir shakllarida N-oqsilning xolati o’zgarishi mumkin. Bunda uning adenilattsiklaza va retseptor oqsillari bilan ta’sirlashish qobiliyati pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |