13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja
Retseptorlarning fosfolirlanishi-defosfolirlanishi jarayonlari muammolari
Download 103.81 Kb.
|
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar
Retseptorlarning fosfolirlanishi-defosfolirlanishi jarayonlari muammolari. Xozirgi paytda ba’zi-bir mualliflar gormonlar retseptsiyasi turli bosqichlarda fosfolirlanish-defosfolirlanish jarayonlari tomonidan boshqariladi deb xisobla-shadi.
Ba’zi – bir retseptorlarning gormon bog’lovchi faolligi retseptor oqsillarning fosforilirlanishi bilan kuchayadi va stabillashadi. Masalan ATF va ATF-generatsiyalovchi tizim mavjudligida, shuningdek molibdat va glyukoza-1-fosfat tipidagi fosfataza ingibitorlari mavjudligida xam ba’zi xujayralarda glyukokortikoid va estrogenlar tsitozol retseptorlari gormon bog’lovchi xossalari kuchayadi. Shu bilan birga ATF-generatsiyalovchi tizimning yo’qligida yoki ishqoriy fosfataza ta’sirida retseptorlarning gormon bog’lovchi xossalari birdan pasayib ketadi. Steroid gormonlar retseptorlarining translokatsiyasi ba’zi - bir omillar tomonidan ingibirlanishi ko’rsatilgan. Bunda mazkur ingibitorlarning fosforilirlanishi nafaqat tormozlovchi samarani olib tashlaydi, balki gormon-retseptor kompleksini yadroga o’tishini tezlashtiradi. Steroid gormonlar yadro retseptorlarining defosforilirlanishi ularni xromatin bilan bog’lanishini pasaytiradi. Shu bilan birga xujayradagi retseptorlarning summar miqdori pasayadi, ular qisman eliminatsiyaga uchraydi. Demak, gormonlarning oqsil retseptorlari endokrin funktsiyaning muxim bo’g’ini xisoblanadi. Retseptorlar o’z molekulasining maxsus tuzilmasi xisobiga gormonal signalni tanlab qabul qiladi va qayta o’zgartiradi. Gormonlar retseptsiyasining bir nechta tipi aniqlangan. Ular tuzilishi, joylashgan o’rni, aktseptor joylarining xossasiga qarab farq qiladi. Xujayra ichi va membrana retseptorlari aniqlangan. Birinchilari odatda yagona tsitozol-yadro tizimi shaklida yoki bir qancha mustaqil tsitozol, mitoxondrial va extimol boshqa retseptorlar puli ko’rinishida mavjud bo’ladi. Ikkala xolatda xam retseptsiyaning bu tipi birinchi bosqichlarda ichki xujayraviy mediatorlarni talab qilmaydi. Retseptorlarning boshqa tipi plazmatik membrana oralig’ida joylashadi va gormonlar ta’sirini aloxida membrana aktseptori tuzilmalari – adenilattsiklaza, sekin kaltsiy kanallari xisobiga belgilab beradi. Membrana aktseptorlari faolligining o’zgarishi xujayra ichi mediatorlari sintezining modulyatsiyasiga olib keladi. Bularga tsAMF, Sa2Q va maxsus glikopeptidlar kiradi. Yuzadan ta’sir qiluvchi bir qator gormonlar xujayraga funktsiyasiga o’z ta’sirini bir qancha yo’llar orqali amalga oshirishi mumkin. Xujayra ichi mediatorlari ta’sirining eng muxim mexanizmlaridan biri xujayra mavjud oqsillar faolligining o’zgarishi xisoblanadi. Retseptorlar asimmetrik shaklga ega kislotali yirik molekulyar oligomer oqsillar ekanligi ko’rsatilgan. Xujayra ichi retseptorlari asosan gidrofil oqsillar bo’lsa, yuzadagilari esa gidrofob, transmembrana oqsillari xisoblanadi. Ba’zi retseptorlar etarlicha yaxshi tozalab olingan va ularga antitelalar olingan. Yaxshi tozalangan retseptorlarga antitelalar, asosan monoklonal antitelalarning olinishi ularni miqdoriy aniqlash, xossalarini aniqlash va fiziologik funktsiyalarini o’rganish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. Retseptsiya jarayonida oqsillar bir qator konformatsion o’zgarishlarga uchraydi, gormon-retseptor kompleksi esa albatta ekstraretseptor omillar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Samaralarning rivojlanishi uchun muxim omil ba’zi-bir past- yoki yuqori molekulyar ingibitorlarning ta’sirini yo’qotish xisoblanadi. Aynan bir xil gormon tipi uchun bir qancha retseptorlar mavjud bo’lishi mumkinligi (multiretseptor model) aniqlangan. Retseptorlarning geterogenligi gormonlarning xujayra jarayonlariga tanlab ta’sir qilishini oshirishi mumkin. Xozirgi paytda eng dolzarb muammolardan biri xujayra aktseptor tuzilmalarining ulanishi (on) va uzilishi (off) mexanizmi xisoblanadi. Ikkinchi muxim muammolardan biri xujayraning gormonlarga nisbatan desensibilizatsiyasi va resensibilizatsiyasini o’rganish muammosi xisoblanadi. Desensibilizatsiya ba’zi shakllarining amalga oshishini sababi ko’pchilik retseptorlarning gormon ta’sirida vaqtinchalik dozaga bog’liq eliminatsiyasi xisoblanadi. Retseptor molekulalarining fosforilirlanish – defosforilirlanish muammosi xam extimol shu bilan bog’liq bo’lsa kerak. Bu muammoni echish retseptor tsiklining amalga oshishi va terminatsiyasi va nishon- xujayralarni gormonlarga sezgirligini o’zgarishi mexanizmini ochishda muxim axamiyatga ega bo’ladi. Download 103.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling