MUSANNAF
|
hadis to‘plamlarining muayyan mavzularga ajratilgan turi.
|
VOJIB
|
atamasi hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni karimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga nisbatan ishlatiladi.
|
KALOM
|
so‘z, nutq ma’nosini bildiradi. Mu’taziliylar paydo bo‘lgandan keyin aqida ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan.
|
IMON
|
ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “Lo iloha illallohu Muhammadur rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir.
|
ZAKOT
|
arab tilida – poklash ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan.
|
JABROIL
|
Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
|
DINIY TAShKILOTLAR
|
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjid, cherkov, sinagoga, monastir va boshqalar).
|
DINIY SEKTA
|
ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh.
|
|