13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari


Download 170.76 Kb.
bet20/26
Sana28.12.2022
Hajmi170.76 Kb.
#1022430
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Sovet davridagi tasavvuf haqida. Yuqorida sovet davrida hokimiyatning ruhoniylarga va xususan sufiylarga nisbatan agressiv munosabati kuzatilganligi aytilgan edi. Buning asosiy sababi shunda ediki, ateizm kommunistik mafkura va siyosatning asosini tashkil qilgan va, shuningdek, ruhoniylar (birinchi navbatda sufiylar) mintaqaning bolsheviklashtirilishiga qarshi chiqqan edi. Yangi hokimiyatga, eng avvalo, ko‘pchilik sufiy guruhlarining muridning murshidga so‘zsiz bo‘ysunishiga asoslangan yaxshi tashkiliy tizimga ega ekanligi yoqmas edi. Asrlar davomida ma’qullangan bunday tizim qurolli qarshilik ko‘rsatishga layoqatli yaxshi tashkillangan va intizomli jangari guruhlar tuzish va ularni jipslashtirishga ko‘p martalab qulay imkoniyatlar yaratib bergan. Sovet hukumati qatl etish, qamash, surgun qilish yo‘llari bilan ko‘pchilik sufiy shayxlari, sufiy tariqatlari ko‘rinshidagi diniy jamoalarni ta’sirsizlantirishga erishdi. Shunday bo‘lsada, saqlanib qolgan oz sonli sufiy shayxlar norasmiy tarzda tasavvuf amaliyotlari (zikr, samo‘, suhbat va hokazo)ni bajarish, muridlar to‘plash bilan shug‘ullanishda davom etdilar. Bu hol, xususan, an’anaviy ravishda siyosiy faollik ko‘rsatmagan sufiy guruhlariga xos. Shunday bo‘lsa-da, sovet hukumatining maxsus xizmatlari ularga nisbatan o‘ta sezgirlik bilan, huddi «ilg‘or markscha-lenincha» ideologiyaning o‘ziga xos raqiblariga qaragandek qaradilar; hatto mashhur ayanchli qatag‘onlar tugaganidan keyin ham bu insonlarni vaqti-vaqti bilan turli ayblovlar bilan qamoqlarga giriftor qildilar. Biroq, ular ozodlikka chiqqach, yana shogirdlar yig‘ishga intildilar, bular ham o‘z navbatida bir miqdorda muxlislar ortdirdilar. Garchi, vaqt o‘tishi bilan diniy namoyandalar ustidan nazorat susaygan bo‘lsada, lekin sufiylik tariqatlari to‘liq holda tiklanmadi.
Qolaversa, ayrim tasavvuf amaliyotlari (yoki shu kabi rasm-rusumlar) uzoq vaqtlar davomida mahalliy aholi urf-odatlarining bir qismiga aylanib xalq orasida yashashda davom etdi. Haqiqiy sufiy yig‘inlariga kelsak, ular g‘oyat kam va yashirin holda sufiy jamoa a’zolaridan birining uyida yoki shahar tashqarisidagi mozorlar yoxud boshqa muqaddas joylarda o‘tkazilgan. Shu bois ularning tiklanib ketishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi.
Sovet davrida qabul qilingan va saqlanib qolgan tasavvuf ko‘rinishini yuqori darajadigi intellektual (yoki «elit») tasavvuf deb atab bo‘lmaydi, zero, bunday “oliy tasavvuf” ko‘rinishi juda nodir hol. Shuni e’tiborga olish adolatdan bo‘lar ediki, o‘rta asrlar yozma an’anasi aynan mana shu intellektual tasavvuf samarasi va ko‘proq shaharlarga hos hodisa edi. Intellektual tasavvuf aynan shaharlarda bilimsiz qishloqliklar uchun murakkab bo‘lgan asarlarning «asosiy o‘quvchisini» topdi. O‘z o‘rnida intellektual tasavvufni (ruhiy-jismoniy holatlarning murakkab talqinlari va hokkazolar bilan) alohida olib ko‘rsatish va uni tarafdorlari odatda rasm-rusum qoidalarining nozik jihatlarini chuqur anglashdan bebahra bo‘lgan “xalq tasavvufi”dan farqlash lozim. Ularning tasavvuflari mistik yo‘lning asosiy maqsadi bo‘lgan rasm-rusumlarni boshlang‘ich izohlar asosida o‘zlashtirish darajasida qolmoqda. Biroq, tarixiy tajribadan ko‘rinib turibdiki, intellektual tasavvuf Markaziy Osiyoda XVII asrdayoq tanazzulga uchradi (faqat Naqshbandiya-Mujaddidiya bundan mustasno) va keyin o‘nglanib ketmadi.
Sovet davrida esa to‘laqonli (xususan intellektual) tasavvufning qayta paydo bo‘lish imkoniyatlari yana ham kamroq bo‘ldi. Aksincha, aynan ikkinchi, «xalq tasavvufi» va u bilan yonma-yon amal qilib kelayotgan rasm-rusumlar oddiy va xalq urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli hayotchanroq bo‘lib chiqdi. Mutlaqo ayonki, sovet davri etnograflari aynan «xalq» tasavvufi rasm-rusumlarini qayd etganlar va endi Markaziy Osiyoning turli mintaqalaridagi tadqiqotchilar qayd etmoqdalar.


    1. Download 170.76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling