13-mavzu: Vaqtli qatorlar va ularning tenglamalarini tuzish usullari


-jadval O‘zbekistonga jalb etilgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi


Download 465.13 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi465.13 Kb.
#1638415
1   2   3   4
Bog'liq
13-amaliy

1-jadval
O‘zbekistonga jalb etilgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi,
% hisobida




I chorak 2009 y.

I-II chorak 2010 y.

I chorak 2011 y.

I chorak 2012 y.

I-IV chorak 2012 y.

YAIM ulushi

34,0

29,4

25,0

21,6

22,8

Investitsiyalar o‘sishi

3,4

4,8

4,0

4,4

11,6

2-jadval
O‘zbekiston viloyatlarida YAHM hajmi indeksining dinamikasi, o‘tgan yilga nisbatan % hisobida

Viloyatlar

2008 y.

2009 y.

2010 y.

2011 y.

2012 y.

Andijon

111,3

109,6

110,5

111,3

108,4

Samarqand

107,8

109,7

113,6

110,9

110,7

Toshkent sh.

118,6

113,0

112,4

116,7

110,2



Ifodalash shakliga ko‘ra vaqt qatoridagi darajalar mutlaq, o‘rtacha (4.1-jadval) va nisbiy (4.2-jadval) kattaliklar bilan ifodalanishi mumkin.
Darajalar o‘rtasidagi masofaga ko‘ra vaqt qatorlari vaqtga ko‘ra (4.1 va 4.2-jadvallar) teng turadigan va teng turmaydigan darajalarga ega qatorlarga bo‘linadi. Teng turuvchi qatorlarda davrni ro‘yxatga olish sanalari bir-biridan keyin teng oraliqlarda keladi, teng turmaydigan qatorlarda teng oraliqlarga amal qilinmaydi.
Vaqt qatorlarini turli belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin. Vaqtga ko‘ra, vaqt qatorlari oniy va oraliq qatorlarga, darajalarining ifodalanish shakliga ko‘ra mutlaq, o‘rtacha va nisbiy kattaliklardan tashkil topadi. Sanalar yoki vaqt oraliqlari o‘rtasidagi masofaga ko‘ra vaqt qatorlarisiz teng va tengsiz qatorlarga va mazmuniga ko‘ra esa alohida hamda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlardan iborat qatorga bo‘linadi.
Vaqt qatorlari, shuningdek, sanalar o‘rtasidagi masofa va ko‘rsatkichlarning mazmuni bo‘yicha ham farq qiladi. Ko‘rsatkichlarning mazmuniga ko‘ra vaqt qatorlari alohida ko‘rsatkichlardan va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlardan iborat turlarga bo‘linadi. Alohida ko‘rsatkichlar hodisani alohida ajratilgan holda, bir tomonlama tavsiflaydi (masalan, iste’mol qilingan suv bir sutkalik o‘rtacha hajmi ko‘rsatkichlarining dinamikasi); umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar alohida ko‘rsatkichlardan hosil bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘lib, o‘rganilayotgan hodisani kompleks tarzda tavsiflaydi (masalan, iqtisodiy kon’yuktura ko‘rsatkichlari dinamikasi).
Vaqt qatorlarini tuzishda ma’lum shartlarga amal qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan muayyan qoidalarga rioya etish zarur, aks holda bu qatorning taqqoslab bo‘lmasligiga olib keladi.
Vaqt qatorini taqqoslab bo‘lmasligining asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:
qamrab olinadigan ob’ektlar doirasi bo‘yicha - ob’ektlarning har xil to‘liqlikda qamrab olinishi natijasida yuzaga keladi;
hisoblab chiqish metodologiyasi bo‘yicha - ko‘rsatkichlar yagona hisoblab chiqish me­todologiyasi bo‘yicha hisoblab chiqilishi kerak;
o‘lchov birliklari bo‘yicha - ko‘rsatkich turli o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin bo‘lgan holatlarda yuzaga keladi (masalan, mehnat unumdorligi mehnat va qiymat birliklarida o‘lchanadi);
ishonchlilik bo‘yicha tanlashning turli davrlar bo‘yicha - har xil reprezentativligi oqibatida yuzaga keladi;
hudud bo‘yicha - mintaqalar va hokazo chegaralarini o‘lchash natijasida yuzaga keladi;
qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha - narxlarni o‘lchash oqibatida yuzaga keladi;
ro‘yxatga olish vaqti bo‘yicha - mavsumiy hodisalar tufayli yuzaga keladi. Masalan, elektr energiyasi yil vaqtlariga qarab turlicha iste’mol qilinadi. Shuning uchun uni faqat muayyan sanani hisobga olgan holda taqqoslash mumkin.
Davrlar tengligidan tashqari, taqqoslanadigan bosqichlarning bir xilligi oraliq vaqt qatori darajalari taqqoslana olinishining shartlaridan biri hisoblanadi. Vaqt qatori darajasining ko‘rsatkichlari rivojlanishning yagona qonuniga bo‘ysunishi kerak. Bunday holatlarda qatorni davrlarga ajratish yoki vaqtga ko‘ra ti­pologik guruhlash amalga oshiriladi.

Download 465.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling