14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati


Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli


Download 313.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana30.04.2023
Hajmi313.3 Kb.
#1407407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-мавзу

Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy 
hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha 
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning 
oladigan foydasini qo‘shishga asoslanadi.
Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli
Ma’lumki, har bir korxona ma’lum bir foydani ko‘zlab narx qo‘yishga intiladi. 
Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik 
grafigi chizmada ko‘rsatilgan. 
Bunday narxda zararsizlikni ta’minlash uchun korxona eng kamida 30000 tovar birligini 
sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining har birini 20 so‘mdan sotib, korxona 
600000 so‘m tushumga ega bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkich zararsizlik nuqtasiga mos keladi. 
Maqsad qilib qo‘yilgan foydaga erishish uchun korxona sotish hajmini oshirishi zarur. 
Bizning misolimiz bo‘yicha korxona 200 ming so‘m foyda olishi uchun eng kamida 50 
ming tovar birligini sotishga erishishi kerak bo‘ladi. 
Talabga asoslangan usul. Ko‘pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili 
xarajatlar emas, balki tovarning iste’molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi
ya’ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar.
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona 
iste’molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida ham 
qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab yetiladi. Bu yerda iste’molchilarning bitta 
tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to‘lashga tayyor yekanliklarini bilish ham 
muhim hisoblanadi. 
Talabga 
asoslangan 
usul 
Xarajatlarni 
hisoblashga 
asoslangan 
Raqobatchilar 
narxiga 
asoslangan usul


Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko‘proq belgilasa, sotish hajmi 
belgilangandan kamroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina kompaniyalar o‘z tovarlarining 
narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon sotiladi.
Iste’molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi savdosi 
o‘tkazishdir. Agar tovar iste’molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga ega bo‘lsa, u 
holda kim-oshdi savdosining boshlang‘ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo‘ladi. 

Download 313.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling