14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati


Taklif  Na rx N


Download 313.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana30.04.2023
Hajmi313.3 Kb.
#1407407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-мавзу

Taklif 
Na
rx


N
m
 
Talab 
T
m
 
 
14.2-chizma.Talab va taklif modeli 
Bu yerda: 
Nm – tovarningmuvozanat narxi; 
Tm – muvozanatnarxga mos keladigan tovar. 
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning 
marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Agar bu yerda tovar siyosatini, 
tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini 
topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o‘zgarishi bilanoq tezda 
o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. 
Marketingda narxning asosiy rol o‘ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u 
korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi. 
F = (N . V) - S
Bu yerda: 
N– tovar narxi; 
V– sotilganmahsulot hajmi; 
S – jami xarajatlar. 
Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko‘rsatkichlariga, bozor 
ulushiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, 
darhol foyda olishni ko‘zlamasdan, yegiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak. 
Raqobatchilar o‘z faoliyatlarida ham narxga katta e’tibor beradilar. Tovar bozorda narx 
asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin. 
Narx raqobati deganda tovarning narxini o‘zgartirish yo‘li bilan raqobat kurashiga borish 
tushuniladi. Bunda, ko‘pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, 
narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni ye’lon qilishdan oldin o‘zining va raqobatchining 
iqtisodiy barqarorligini obdon o‘rganishi talab yetiladi. Aks holda "narx urushi"ni ye’lon 
qilib, mag‘lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar, raqobatchilar bir xil sharoitda bo‘lsalar, 
u holda "narx urushi" o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. 

Download 313.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling