14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati


Download 313.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana30.04.2023
Hajmi313.3 Kb.
#1407407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-мавзу

Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o‘rinda tovarning 
xususiyati, markasining obro‘-e’tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog‘liq boshqa 
omillarga e’tibor qaratiladi. 
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Sotib olingan 


Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim 
elementlariga nisbatan qo‘llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi. 
Korxona asosiy maqsadini o‘zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini 
uzoq muddat saqlab qolishga qarasa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat 
kuchaysa, iste’molchilarning ehtiyoji o‘zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa 
korxona ishlab chiqarish quvvatining ma’lum bir qismidangina foydalanishga harakat 
qiladi. 
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni 
ko‘rib chiqish mumkin: 
- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko‘tarish; 
- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko‘tarish; 
- tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish
- yangi raqobatchilar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilish;
- savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish
- korxonaning obro‘sini saqlab qolish; 
- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash; 
- "narx urushi"ning oldini olish. 
Narx ishlab chiqarish, tovar harakatini tashkil etish va sotish xarajatlari va boshqa 
xarajatlarni qoplab, foyda keltirishi kerak. Ma’lumki, umumiy xarajatlarda eng muhim 
o‘rinni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi egallaydi. Shu sababli, mahsulot 
tannarxini pasaytirish muhim vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib, talabning narx yelastikligi narx o‘zgarishiga xaridorning sezgirligini 
tovarlar hajmi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Talabning narxga bog‘liq holdagi yelastikligi - 
bu tovarning narxi bir foiz o‘zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o‘zgarishining 
foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi: 

Download 313.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling