14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati


Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi


Download 313.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana30.04.2023
Hajmi313.3 Kb.
#1407407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-мавзу

Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat 
qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan yetakchi bo‘lgan korxonalarning 
ta’sirida bo‘ladi. Demak, bu yerda korxona narxlashtirishning yetakchi orqasidan yurish 
strategiyasini qo‘llashi foydadan holi emas. Albatta, yetakchi vaziyatni egallab turgan 
korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi. 
"Qaymog‘ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali 
foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega yekanligini ajratib 
ko‘rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini 
ta’minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma’lum 
erkinliklarga ega bo‘ladi. Natijada, korxona o‘z tovarlariga yuqori darajadagi narxni 
belgilaydi. 
"Yorib o‘tish" strategiyasi. Bu strategiya ko‘pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda 
oddiy va ommabop iste’molga mo‘ljallangan yangi mahsulotni bozorga kiritishda 


qo‘llaniladi. Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi, bozorni egallashi bilan 
normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona raqobatchilarga nisbatan katta 
hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
"Kirib borish" strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib 
borish uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori yelastikligi vaziyatida yuqori 
samara beradi.
"Batamom foydalanish" strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati, yangi tovarlarni 
bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo‘lganda ularga juda 
yuqori narx belgilashdan iboratdir. So‘ngra bu narx bozorning va raqobatchilarning o‘sishi 
bilan kamayib boradi. 
"Korxonaning yeksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan narx" 
strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo‘llash uchun mamlakatning ichki 
va tashqi bozorida narxlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Shularni o‘rganib 
aniq bozor sharoitlariga bog‘liq holda o‘ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo‘ladi. 

Download 313.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling