14-Ma’ruza: Rolikli va tekis turtkichli kulachokli mexanizmlarning minimal radiusini aniqlash va profilini loyihalash
Turtkichi tebranma harakat qiluvchi kulachokli mexanizmning minimal radiusini aniqlash
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
14 Ma\'ruza
Turtkichi tebranma harakat qiluvchi kulachokli mexanizmning minimal radiusini aniqlash
va profilini loyihalash 14.2-rasmda keltirilgan turkichida roligi boʻlgan kulachokli mexanizmni koʻrib chiqamiz. Harakatlantiruvchi P kuch rolik bilan kulachokni urinish nuqtasidan oʻtkazilgan N-N normal boʻyicha ta’sir etadi. Rolikning B nuqtasi markazi O 1 boʻlgan α-α yoy boʻyicha harakatlanadi. Tebranma harakat yoʻnalishi yoyga oʻtkazilgan urinmaga mos tushadi, ya’ni BO 1 ga perpendikulyar. P va T kuchlar orasidagi α burchak bosim burchagidir. Bosim burchagi α ni keltirilgan tezlik v B ga bog’lash uchun, almashtirilgan mexanizm OO 2 BO 1 uchun keltirilgan tezliklar plani OO 2 b ni tuzamiz. Turtkichning B nuqtasiga Ob ga teng va parallel boʻlgan, qarama-qarshi yoʻnalgan Bbʹ kesmani chizamiz. Bu Bbʹ kesmani B nuqtaning keltirilgan tezligidir. Bbʹ kesmaning uchini (bʹ nuqtani) kulachokning markazi O bilan tutashtiramiz. SHunda, ObBbʹ parallelogramm hosil boʻladi. Bu parallelogrammda bB va Obʹ lar bir-biriga parallel boʻladi. Bosim burchagini aniqlash uchun keltirilgan tezlikni uchini kulachokning aylanish markazi bilan tutashtirish yetarli hisoblanadi. 14.1-rasm. Maksimal bosim burchagini va kulachokning minimal radiusini aniqlash uchun esa, keltirilgan tezlik bilan siljish masofasini (v B -S 2 ) bog’liqlik grafigini qoʻrish lozim. Lekin, turtkich tebranma harakat qilganligi sababli, kulachokning minimal radiusini aniqlash uchun burchak tezlikni burilish burchagi (ω- ) ga bog’liqlik grafigida foydalanamiz (14.2-rasm). 14.2-rasm. Grafik asosi hisoblangan x max ni teng boʻlaklarga boʻlamiz. Masalan, sakkiz boʻlakka boʻlib, boʻlish nuqtalarida ordinatalar oʻtkazamiz. SHundan soʻng, ixriyoriy joyga turtkich OB ning yuqori va pastki holatlarini tasvirlaymiz (tebranish burchagi ). Turtkichning yuqori va pastki holatlarini tutashtiruvchi radiusi OB ga teng boʻlgan yoy chizamiz. Bu yoyni x max ni nechta boʻlakka boʻlgan boʻlsak, shuncha boʻlakka (sakkizta) boʻlamiz. Boʻlingan boʻlaklardagi 1, 2, 3, ... 8 nuqtalarning barchasini aylanish markazi O bilan tutashtirib chiqamiz. SHundan soʻng, turtkichning tebranma harakatidagi holatlari tasvirlanadi. Har bir holat boʻyicha turtkich uchining keltirilgan tezligini qoʻyib chiqamiz. 5 nuqta misolida koʻrib chiqamiz. Bunda, ordinata u ω5 ni oʻlchab, burchak tezlikning masshtab koeffitsienti μ ω ga koʻpaytirib, quyidagini hosil qilamiz 5 5 у . Agar burchak tezlik ω 5 ni turtkichning uzunligiga koʻpaytirsak, u holda turtkichning 5- holati uchun B nuqtaning vʹ B tezligini topamiz, ya’ni OB у v B 5 5 ' . Keltirilgan tezlik v B ni aniqlash uchun, absolyut tezlik vʹ B ni kulachokning burchak tezligi ω k boʻlish kerak, ya’ni к к B Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling