14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari
O’zgarmas tok dvigatellarining ish va mexanik xarakteristikalari
Download 180.43 Kb. Pdf ko'rish
|
14-мавзу
5.3.4. O’zgarmas tok dvigatellarining ish va mexanik xarakteristikalari
O’zgarmas tok dvigatellarining ish xarakteristikalari O’zgarmas tok dvigatellarining ish xarakteristikalari elektr dvigatellarining barqaror ish rejimidagi xossalarini belgilaydi. Bu xarakteristikalar yakor chulg’amiga berilgan kuchlanish , hamda parallel yoki mustaqil qo’zg’atish zanjiri kuchlanishi va demak, shartlar bajarilganda olinadigan , , va bog’lanish grafigidir. bog’lanishdan tashqari barcha ish xarakteristikalari o’zgarmas tok dvigatelning qo’zg’atish usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan, parallel yoki mustaqil qo’zg’atishli dvigatellarda qo’zg’atish chulg’amining magnit oqimi yuklamaning miqdoriga deyarli bog’liq bo’lmaydi, ketma-ket qo’zg’atish dvigatellarda esa, yuklama tokiga katta bog’liq. 5.3.3-rasm parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellarida va bo’lgandagi , , va bog’liqlik ish xarakteristikalari berilgan. Qo’zg’atish tokining nominal qiymati qilib, o’zgarmas tok dvigatelning validagi yuklamasi nominal va aylanish chastotasi bo’lgan ish rejimdagi kattaligi qabul qilinadi. Aylanish chastotasi ning foydali quvvat ga bog’lanishi , tezlik xarakteristikai egri chizig’iga yaqin bo’ladi. (5.3.20) tenglama parallel qo’zg’atishli dvigatel uchun ham to’g’ri kelib, aylanish chastotaning pasayishi natijasida, yakorning teskari EYUK kamayadi, bu esa yakor toki ning va yakor reaktsiyasining oshishiga olib keladi. Magnit zanjiri to’yingan mashinalarda ko’ndalang yakor reaktsiyasi nisbatan magnitsizlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir esa, asosiy qutblarning magnit oqimini nisbatan kamaytiradi va o’zgarmas tok dvigateli aylanish chastotasining nisbatan oshishiga olib keladi. Mexanizmlarning odatdagi mexanik xarakteristikalarida ish turg’unligi uchun o’zgarmas tok dvigatelning tezlik xarakteristikasi kamayuvchi bo’lishi zarur. Parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellarini loyihalaganda uning validagi yuklama oshganda, yakor zanjiridagi kuchlanish tushuvi ning ortishi aylanish chastota va asosiy qutblar magnit oqimi ning kamayishi sababli aylanish chastotaning o’sishiga nisbatan kattaroq bo’lishi ta’minlanadi. Bunda yuklama noldan nominalgacha oshganda ning pasayishi % ni tashkil qiladi. Valdagi yuklama dan nominal qiymatgacha o’zgarganda, parallel qo’zg’atishli dvigatelning tezlik xarakteristikasi deyarli to’g’ri chiziq ko’rinishida o’zgarib, abstsissalar o’qiga nisbatan kam og’gan bo’ladi va shu sababli, uni kam o’zgaruvchi xarakteristika deyiladi. Parallel qo’zg’atishli dvigatel aylanish chastotasining valdagi yuklamaga nisbatan kuchsiz bog’liqligi muhim ahamiyatga ega bo’lgan hossalaridan biri hisoblanadi. Moment xarakteristikasi ko’rinishdagi bog’lanishdir. O’zgarmas tok dvigatel foydali momenti ning kattaligi uning validagi foydali quvvatga to’g’ri proportsional bo’lib, quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: (5.3.21) Aylanish chastotasi bo’lganda (5.3.21) tenglamaga asosan koordinatalar boshidan chiqadigan to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’lar edi. Ammo valdagi yuklamaning oshishi bilan o’zgarmas tok dvigatelning aylanish chastotasi bir oz kamayadi, shuning uchun ham moment quvvat ga nisbatan tezroq o’sadi (5.3.3-rasm). Aylanish chastotasi deyarli o’zgarmas bo’lgani uchun magnit va mexanik isroflar o’zgarmas bo’ladi. Natijada o’zgarmas tok dvigatelning salt ishlashdagi momenti bo’ladi. SHu sababdan barqaror ish rejimdagi o’zgarmas tok dvigatelning momentlari muvozanat tengalamasi (5.3.11) ga asosan egri chizig’i, foydali momentining o’zgarishi dan kattaligi ga teng bo’lgan oraliqda yuqorida joylashadi. O’zgarmas tok dvigatel foydali quvvati ning oshishi bilan uning aylanish chastotasi bir oz kamayadi. Yakor reaktsiyasi ta’sirida esa magnit oqimi bir oz kamayadi, shuning ucnun bog’liqlik egri chizig’iga nisbatan ordinatalar o’qi tomonga ko’proq og’adi. 5.3.3-rasmda FIK ning maksimal qiymati ga yuklamaning qiymati to’g’ri keladi. FIK bo’lgan nuqtaning chap tomonida o’zgarmas isroflar ko’p bo’lsa, undan o’ng tomonida esa elektr isroflari ko’p bo’ladi. Download 180.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling