14-маввзу. O‘zgarmas tok dvigatellari
Aralash qo’zg’atishli dvigatel
Download 180.43 Kb. Pdf ko'rish
|
14-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari ulangan aralash qo’zg’atishli
- 5.3.5-rasm. Aralash qo’zg’atishli dvigatelning xarakteristikalari
Aralash qo’zg’atishli dvigatelda magnit oqimi
parallel va ketma-ket qo’zg’atish chulg’amlari MYUK larining o’zaro ta’siridan vujudga keladi. Qo’zg’atish chulg’amlari MYUK larining o’zaro nisbati shunday tanlanadiki, bu chulg’amlardan bittasi mashina qo’zg’atish MYUK ning 70 % ini vujudga kelib, bu chulg’am asosiy hisoblanadi, ikkinchisi esa, qo’shimcha qo’zg’atish chulg’ami deyiladi. Qo’zg’atish chulg’amlarining o’zaro ulanishiga qarab ularni quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Mos ulangan aralash qo’zg’atishli – bu holda parallel va ketma-ket qo’zg’atish chulg’amlari hosil qilgan MYUK larining yo’nalishi bir xil bo’lib, ular qo’shiladi. 2. Teskari ulangan aralash qo’zg’atishli - bu holda ketma-ket va parallel qo’zg’atish chulg’amlari MYUK lari teskari yo’nalgan bo’lib, natijaviy oqim yuklama toki oshishi bilan kamayadi. Mos ulangan aralash qo’zg’atishli dvigatellarning ish xarakteristikalari (5.3.5- rasm) parallel qo’zg’atishli dvigatelning ish xarakteristikalariga yaqinlashadi. Demak, aralash qo’zg’atishli dvigatelning xarakteristikalari parallel va ketma- ket qo’zg’atishli dvigatellar xarakteristikalari oralig’ida joylashgan egri chiziqlardan iborat bo’ladi. Aralash qo’zg’atishli dvigatelda natijaviy magnit oqim bo’lganligidan, uning momenti quyidagicha aniqlanadi: (5.3.27) Aylanish chastotasi esa: (5.3.28) Qo’zg’atish chulg’amlari mos ulanganda yuklamaning oshishi bilan natijaviy oqim oshadi, shuning uchun uning tezlik xarakteristikasi parallel qo’zg’atishli dvigatellarnikiga nisbatan pasayuvchan bo’ladi. Agar qo’zg’atish chulg’amlari teskari ulansa, valdagi yuklamaning ortishi bilan tok oshadi va natijaviy oqim kamayadi. Yuklamaning katta qiymatlarida oqim ancha kamayib ketib, aylanish chastotasi oshadi, natijada, agar va bo’lsa, tok ning oshishiga 5.3.5-rasm. Aralash qo’zg’atishli dvigatelning xarakteristikalari olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, dvigatelning magnit oqimini yana ham kamaytirib, uning aylanish chastotasi yanada ko’proq oshishiga olib keladi. Amalda dvigatelning yuklamasi dan nominalgacha o’zgarib turadigan hollarda, uning aylanish chastotasini taxminan bir hil tutib turish lozim bo’lsa, ketma-ket qo’zg’atish chulg’ami asosiy parallel chulg’amga teskari qilib ulanadi. Download 180.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling