14-mavzu: Islom qadriyatlari


-§. Islomda do‘stlik o‘zaro yordam va sog‘lom turmush tarzining targ‘iboti


Download 108.01 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi108.01 Kb.
#1518613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-Islom qadriyatlari

7-§. Islomda do‘stlik o‘zaro yordam va sog‘lom turmush tarzining targ‘iboti

1. Islom dini odamlarni do‘stlik va o‘zaro yordamga ham doimo da’vat qilib kelgan. Islom dini odamlarni eng olijanob insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab, ularni ezgulik, ijtimoiy adolat, do‘stlik, o‘zaro totuvlik, birodarlik, mehribonlikka da’vat qilgan, jamiyat hayotida odamiylik, insonparvarlik tantanasiga xizmat qilib kelgan. Islom dinida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh urug‘, do‘st-birodarlar doimo bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lib, bir-birini qo‘llab-quvvatlab turishga da’vat qilinadi. Islom dinida barcha musulmonlar bir-birlariga tayanib, bir-birlarining qayg‘ularini o‘rtoqlashib, marhamat va shafqat ko‘rsatib, oralaridagi muhabbat va hurmatni ziyoda qilishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Islom dini odamlargagina emas, barcha jonivorlarga ham shafqatli va marhamatli bo‘lishga buyuradi.


2. Islom dinida do‘stlik va qadrdonlik haqida ham bir qator da’vat va tavsiyalar yaratilgan. Hadislarda "Odam do‘stining yo‘lidadir. Kim bilan do‘stlashishingga e’tibor qil", degan fikr bayon qilingan. Inson qayg‘uli damlarda ham, xursandlik chog‘larida ham do‘stlarga muhtojdir. Inson qayg‘u va shodligini do‘stlari bilan o‘rtoqlashadi. Og‘ir va qayg‘uli vaqtlarda do‘stlar bir-birlariga tayanch bo‘ladi. Ota-bobolarning hikmatli so‘zlarida: "Aqlli dushmandan qo‘rqma, ahmoq do‘stdan qo‘rq", "Do‘sting o‘zingdan yaxshiroq bo‘lsin", — deyilgan. Insonning do‘sti diyonatli, e’tiqodli bo‘lsa doimo o‘z do‘stini qo‘llab-quvvatlaydi.
3. Shodlik vaqtida shukr qilish, qayg‘uli damlarda sabr etish musulmonlarga farz qilingan bo‘lib, Qur’oni karimda "Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur", - deb ta’kidlangan.("Zumar" surasi, 10-oyat).
4. Islom axloqida eng oldin qo‘yilgan va eng muhim masalalardan biri adolatdir. Qur’oni karimda "Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur, deyilgan. ("Nahl" surasi, 90-oyat). Bu oyat bilan musulmonlar adolatga da’vat etiladi. Qur’onda yana: "Alloh adolat qilguvchilarni sevadi", degan oyat ham mavjud. Qur’oni karimda Allohning adolatli ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Islom dinida Allohning 99 sifati mavjud bo‘lib, bulardan biri Al-Adl, ya’ni, Alloh bandalariga adolatlidir, degan ma’noni bildiradi. Adolat faqat mahkamadagina bo‘lmaydi. Mamlakatning hamma joyida adolat barqaror bo‘lishi lozim. Uyda ota-ona bolalariga, maktabda o‘qituvchi o‘z shogirdlariga, badavlat kishilar o‘z qo‘l ostidagi ishchi va xizmatchilarga adolat qilishga majburdirlar.
5. Islom dinida sog‘lom turmush tarziga ham e’tibor qaratilgan. Hadislarda "Ikki ne’mat borki, odamlar ularning qimmatini anglab yetmaydilar. Ulardan biri sog‘lik bo‘lsa, ikkinchisi vaqtdir", deyilgan. Hadislarda yana “Zarar berish va zararlanish (islomda) yo‘q” degan fikr bayon qilingan bo‘lib, zararlanishning oldini olish insondan badantarbiya bilan shug‘ullanishni, sog‘lom turmush tarziga o‘tishni talab qiladi. Mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham “Badantarbiya bilan muntazam shug‘ullangan inson hech qanday dori-darmonga muhtoj bo‘lmaydi, degan fikrni bayon qilgan.
6. Islom dinida sog‘lom insonni tarbiyalash va sog‘lom oilani barpo etishga katta e’tibor qaratilib, sog‘lom inson va sog‘lom oila, sog‘lom jamiyatning asosi hisoblanadi. Inson hayoti ish, hordiq chiqarish, mutolaa qilish, sport bilan shug‘ullanish, ibodat qilish asosida tashkil qilinadi. Islom dinida inson hayoti ma’lum nizom asosida, halollik va poklik asosida, o‘zaro ishonch va hurmat asosida bo‘lishi belgilangan bo‘lib, sog‘lom hayot sog‘lom jamiyat uchun asos bo‘ladi. Islom dini insonning ma’naviy va jismoniy sog‘lomligiga katta e’tibor qaratadi.
7. Islomda farz qilingan ro‘za ruhiy tarbiya bo‘lish bilan birga jismoniy tarbiya hamdir. Hozirgi kunga kelib, tabobat bilimdonlari insonga bir yilda bir kurs ochlik muolajasini olishni tavsiya qilmoqdalar. Kundalik besh mahal namozda ham ajoyib jismoniy tarbiya bor. Musulmon kishi ibodat qilar ekan, namozga tayyorgarlik hamda namoz mobaynida o‘zi sezmagani holda talaygina jismoniy xatti-harakatlarni bajaradi. Jismoniy tarbiyada nafas masalasi birlamchi masala hisoblanadi. Kelajak avlod sog‘lom va kuchli bo‘lishi uchun, xalqning ertasi buyuk bo‘lishi uchun jismoniy tarbiya zarurdir. Hadislarda «O‘q otinglar, ot mininglar, men uchun otganingiz minganingizdan yaxshiroqdir», degan hadis bo‘lib, islom dinining ilk davrida ham harbiy jismoniy mashg‘ulotlarga katta e’tibor qaratilgan. Islomda sog‘lom turmush tarziga, jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Download 108.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling