14-mavzu: Islom qadriyatlari


-§. Islom dinida vatanparvarlik g‘oyalarining talqini


Download 108.01 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi108.01 Kb.
#1518613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-Islom qadriyatlari

3-§. Islom dinida vatanparvarlik g‘oyalarining talqini
Inson qaerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Vatanni sevish, uni sog‘inib yashash inson ma’naviyatining muhim jihatidir. Vatan, millat, din tushunchalari inson uchun har narsadan aziz va muqaddas tushunchalardir. Islom dini ta’limotida ona Vatan himoyasi, millat farovonligi masalalari hadislarda keng yoritilgan. “Dushman bilan to‘qnashib jang qilishni orzu qilmanglar. Ammo jang boshlanib qolsa, sabot va matonatli bo‘linglar!” deyiladi hadislarda. Xalqimizda «o‘zga yurtda shoh bo‘lganingcha o‘z yurtingda gado bo‘l», degan hikmatli so‘z ham bor. O‘z huzur-halovatini o‘ylab, o‘zgalarni unutgan kishi hech qachon ona Vataniga, xalqiga nisbatan sadoqatli bo‘lolmaydi.
1. Islomda Vatan tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, avvalo u istiqomat maskani, ya’ni uy-joy ma’nosida ishlatiladi. Islom dini ta’limotida inson o‘zi yashab turgan Vatanini, dinini, oila ahlini himoya qilishi eng ulug‘ amallardan ekanligi ta’kidlangan. Vatan himoyasi uchun harbiylar safida turish ham islom dinida ulkan savobli amal sanaladi. Hadislarda «Bir kecha kunduz «ribot», (ya’ni dushman qarshisida turish) bir oy tutilgan nafl ro‘za va o‘qilgan tungi namozdan yaxshidir», degan fikr bayon qilingan.  
2. Ulamolardan biri, «Har bir kimsaga ma’lumdirki, hayot olamida insonning eng sevgan, qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘lurlar. Ular: ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan molga o‘zi egalik qilmog‘i, tug‘ilib o‘sgan ona Vatani hamda asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini», deb islom dinida vatanparvarlikning muhimligi masalasiga o‘z munosabatini bildirgan.
O‘z vatanini sevish, u bilan faxrlanish, uning baxt-saodati yo‘lida faoliyat olib borish vatanparvarlikning namoyon bo‘lishidir. Insonning o‘z ona tilini, milliy madaniyati, an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodini hurmat qilishi ham vatanparvarlikka asoslanadi.
3. Vatanni turli zararli oqimlar va kuchlardan himoya qilish insonning vatanparvarligi asosida amalga oshiriladi. Zararli g‘oyalar va mafkuralarga qarshi kurash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash ularning ongi va qalbiga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish asosida amalga oshiriladi. Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga, savobli ishlarni amalga oshirishda boshqa fuqarolar bilan birga din vakillari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
4-
Download 108.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling