14-mavzu: Islom qadriyatlari
Download 108.01 Kb.
|
14-Islom qadriyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Qisqacha xulosalar
1. Islom dinida inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g‘oyalari ilgari surilib, odamlar halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, insonparvarlik, adolatparvarlik, bag‘rikenglikka, mehr-shafqatga da’vat etilgan. 2. Islom dinida inson atrof muhitni muhofaza qilishga, halol mehnat qilishga, mehr-muruvvatli bo‘lishga, vatanni himoya qilishga da’vat etilgan. Qur’oni karim va hadislarda odamlar ilm olishga, tinchlikni saqlashga, muruvvatli bo‘lishga chaqirilgan. 3. Islom dinida nikoh va oilaviy munosabatlarda er va xotinning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan bo‘lib, er tomonidan o‘z xotinini uy bilan, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlashining zararligi, ayolning mulk huquqiga, meros huquqiga egaligi, farzandlar tarbiyasida ota-onaning majburiyatlari belgilab berilgan. 4. Islom dinida farzandning ota-ona oldidagi burch va mas’uliyati belgilab berilgan bo‘lib, Qur’onning “Al-Isro” surasining 23-24 oyatlarida ota-onaga yaxshilik qilish Alloh taologa ibodat qilishdan keyin ikkinchi o‘rinda turishi ta’kidlanadi. Farzand ota-onaga nisbatan hurmat saqlashi, ularning so‘zlarini qaytarmasligi zarurligiga e’tibor qaratilgan. 5. Islom dinida axloq va odob masalasiga alohida e’tibor qaratilib, odamlar tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka da’vat etilgan. Qur’oni karimda saxovat, jasorat, sabr-qanoat, qo‘li ochiqlik, bag‘ri kenglik, muruvvatlilik, to‘g‘rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor berilgan. 6. Islom dinida odob-axloq madaniyati, huquqiy munosabatlar va insonni ulug‘lashga oid muhim ko‘rsatmalar ilgari surilgan. Qur’oni karimda insonparvarlik, tinchliksevarlik, boshqa dinlarga nisbatan murosa bilan qarash targ‘ib qilingan. Islomda fan, ta’lim, madaniyat va san’atga munosabat masalalari yoritib berilgan. Tayanch tushunchalar Islom, inson huquqlari, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, vatanparvarlik g‘oyalari, Islom dinida nikoh va oila munosabatlari, er va xotinning majburiyatlari, Islomda ota-onaga munosabat va farzand tarbiyasi, Islomda axloqiy qadriyatlar, do‘stlik, o‘zaro yordam, sog‘lom turmush tarzi, fan, ta’lim, madaniyat, san’at va me’morchilik. Download 108.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling