14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja
Madaniyatning umuminsoniyligi va
Download 64.09 Kb.
|
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istiqlol va madaniyat.
Madaniyatning umuminsoniyligi va milliyligi. Bu sohada umumbashariyatga xos bo’lgan jihatlarni biz madaniyatdagi umuminsoniylik. millatning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlarni esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir-birini taqozo etuvchi jihatlardir. Madaniyat ana shu ikki jihatning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo’ladi. Milliylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bog’liq yashash usuli, millatning unda namoyon bo’ladigan ruhidir. Umumin-soniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr va hududlarga xos umumiy tamoyillaridir.
Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy sohalardagi hamkorligi uzviy bog’-liqdir. Biroq bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zo’rlab tar-g’ib etish, joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyatning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo’lidan borishi va o’ziga xos sivilizatsiya yaratishida muhim ahamiyatga ega. Istiqlol va madaniyat. O’zbekistonning o’tgan asrning 80 yillari oxirida mustaqillik tamon qadam tashlashi bilan, barcha sohalar qatori, madaniy hayotda ham o’zgarish va islohotlar olib borish uchun muayyan zamin hozirlana boshladi. Jumladan, Navruzni umumxalq bayrami sifatida nishonlash va o’zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonunning qabul qilinishi bu yo’ldagi eng dadil qadamlar bo’ldi. Shundan so’ng birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish, so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini ta’minlash, ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijodkor xodimlarga e’tiborni kuchaytirish, o’sib kelayotgan avlodga, uning madaniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondoshish vazifalari belgilandi. Vatanimizning yorug’ kelajagini belgilaydigan, uning kuch-qudratini ta’minlaydigan omillar orasida ta’lim-tarbiya sohasi alohida o’ringa ega. Chunki har bir millatning, xalqning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Istiqlolimizning ilk yillaridanoq sog’lom avlod tarbiyasi eng ustuvor vazifa sifatida belgilanib, ushbu masala davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling