14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja
Download 64.09 Kb.
|
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniyat” tushunchasi.
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja 1. Sivilizatsiyalashgan jamiyatni barpo etish va barkamol insonni shakllantirish vazifalari. 2. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari 3. “Qadriyat” tushunchasining tavsifi va mohiyati. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. “Madaniyat” tushunchasi. Bu tushuncha (arab. shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o’chog’i) tabiat va o’zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o’ziga xos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (erga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foydalanish va h.k.) hamda insonning o’zini tarbiyalashi va bilim olish ma’nosida qo’llangan bo’lsa, keyinchalik turli xalqlar Madaniyatning o’zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o’laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo’ldi. Inson faoliyatining ikki asosiy turi – moddiy va ma’naviy yaratuvchanlikka ko’ra, madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar – mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va sh.k.ni o’z ichiga oladi. Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari – bilim, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat, fan, san’at, adabiyot, fol’klor, asotirlar va shu kabilar kiradi. Uyg’onish va ma’rifatparvarlik davrlarida madaniyat yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g’oyalari ustuvor o’rin tutishi lozimligi tushunilgan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud eMasalan Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o’zgarish madaniyatga ta’sir etadi va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Shu bois madaniyat nafaqat o’tmish yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifodasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko’rsatkichi. Insoniyat o’zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo’lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o’zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo’lish mumkin emas madaniyat rivojida noyob iste’dod sohiblari: fan, adabiyot, san’at ahli ham katta o’rin tutadi. Ular tufayli madaniyatda yangi yondashuv, ijod turlari, badiiy-estetik qarashlar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan ayrim kasb turlari madaniyatning alohida shakli sifatida e’tirof etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, binokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayotida alohida o’rin tutadigan turlari ham qayd etiladi. Masalan, qishloq xo’jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy madaniyat va h.k. Bu hol madaniyat turlarini alohida-alohida hamda qiyosiy o’rganish yondashuvining shakllanishi, fanning alohida tarmog’i sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling