14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja
Falsafada qadriyatlar muammosi
Download 64.09 Kb.
|
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlar to’g’risidagi fan — “Aksiologiya”
Falsafada qadriyatlar muammosi takror va takror murojaat qilib turiladigan azaliy mavzulardan biri sifatida qaraladi. Bu mavzu, ayniqsa, tarixda tub burilishlar ro’y berayotgan, jamiyat rivoji bir bosqichdan boshqasiga o’tayotgan, ijtimoiy-siyosiy tartiblar, kishilar ko’nikib qolgan mezonlar o’zgarib borayotgan davrlarda nihoyatda dolzarb muammoga aylanadi. Bunday davrlarda jamiyat a’zolarining qadriyatlarga munosabati, ular bilan bog’liq maqsad va ideallari, qarash va tasavvurlari o’zgarib ketadi. Jamiyatda eski tizim va unga asoslangan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy mezonlar o’rniga yangi qadriyatlar tizimiga ehtiyoj tug’iladi, uni shakllantirish zaruratga aylanadi.
XX asr oxirida sobiq ittifoqning barham topishi va O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shunday davr boshlanganini yaqqol ko’rsatdi. Bu esa yuqoridagi xulosaning tarixiy jarayonlar natijasida isbotlangan hayot haqiqati ekanidan dalolat beradi Istiqlol yillarida xalqimiz hayotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi, davlat va jamiyat qurilishida tub islohotlar amalga oshirildi. Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayot qurish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, jahon sivilizatsiyasi andozalariga mos keladigan qadriyatlar tizimini shakllantirish ushbu jarayonning tarkibiy qismiga aylandi. Aynan ana shu davrda mamlakatimizda qadriyatlar va inson qadri masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bir-biri bilan uyg’un va chambarchas aloqador bo’lgan bunday jarayonlar umuminsoniy va milliy kadriyatlar ustivorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar to’g’risidagi fan — “Aksiologiya” (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot ma’nosiny anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to’g’rida nihoyatda kam ma’lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug’langan parti-yaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari ta-lablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiya-ning ko’pdan-ko’p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izla-nishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqsa. "Moziyga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir", — deb yozgan edi Abdulla Qodiriy "O’tgan kunlar" romanida. Xuddi shunday, "Qadriyat o’zi nima?" savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling