14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja


Download 64.09 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi64.09 Kb.
#1829644
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili

Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy boyliklar “Madaniy meros” tushunchasida ifodalanadi. Har bir davr madaniy meros rivojiga o’ziga xos hissa qo’shadi. Masalan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmabaho asarlar, o’lmas osori atiqalar bu qo’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqdaqadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi”. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namnasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo’lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg’ilon, Shahrisabz kabi ko’hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu-madrasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillika erishgach, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo’yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islomiy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o’zb. tili davlat tili maqomiga ega bo’ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asarlari har tomonlama o’rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoqda. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy Madaniy merosimizni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Madaniy boyliklar” tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklar, butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning a.lar mobaynida yozma manbalar va xalq og’zaki ijodida ifodalangan, ob’yektivlashgan va sub’yektivlashgan narsa va buyumlarda aks ettirilgan moddiy, ma’naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajriba, dunyoqarash, ma’naviyat va ma’rifat uyg’un tarzda muhrlangan. YuNESKO tashkiloti 1972 yilda jahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to’g’risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975 yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro’yxatiga jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular orasida O’zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.

Download 64.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling