14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili Reja


Download 64.09 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi64.09 Kb.
#1829644
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili

Madaniyatshunoslik. Hozirgi vaqtda madaniyat va madaniy hodisalar “Madaniyatshunoslik” (“Kul’turologiya”) fanining asosiy ob’yekti sifatida oliy o’quv yurtlari doirasida keng miqyosda o’rganiladi. Madaniyatshunoslik mustaqillik yillarida mamlakatimizda keng taraqqiy etayotgan falsafiy fan sohalaridan biridir. Sobiq ittifoq davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o’qitilmas edi. Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat to’g’risidagi alohida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Madaniyatshunoslik madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo’lgan tarixiy namunalarini bir-biridan farklaydi.
Madaniyat falsafasi. Madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o’rganuvchi falsafiy fan “Madaniyat falsafasi”dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihatdan to’g’ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madaniyat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko’rinishlarini tahlil qilish asosida falsafiy qonunlar, va tushunchalarning mazmunan boyishi, fal.ning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy taraqqiyotning sub’yektiv, ya’ni kishilar faoliyati bilan bog’liq jihatlariga alohida e’tibor beradi. Madaniyat falsafasining predmeti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga o’zining empirik materiallarini yig’adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o’zaro ta’sirda bo’lib, ularning kategoriyalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasisi semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o’rganilishi mumkin. Shunday qilib, madaniyat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar mavjud bo’lsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume’tirof etilgan konsepsiya nuqtai nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib qolmoqda.

Download 64.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling