14-Mavzu: Kompleks sonlarning algebraik va trigonometrik shakllari
Download 0.65 Mb.
|
14m
1- misol. z=-i kompleks sonning modulini toping.
Yechish. x = , y =- bo'lgani uchun, . - vektor z= x +iy0 kompleks sonning radius-vektori bo'lsin (17- b rasm). Markazi O(0; 0) nuqtada bo'lgan r= z radiusli aylananing B(r; 0) nuqtasini, O nuqta atrofida bu nuqta A(x; y) nuqta bilan ustma-ust tushadigan qilib buramiz (17-d rasm). Bu ishni, bir-biridan 2 ga karrali bo'lgan burish burchagiga farq qiladigan cheksiz ko'p burish burchaklari yordamida amalga oshirish mumkin. Shu burish burchaklarining har biri z = x + iy kompleks sonning argumenti deb ataladi. 17- d rasmda z = x + iy kompleks sonning argument-laridan biri bo'lgan burchak ko'rsatilgan. z = x+iy kompleks sonning barcha argumentlari to'plamini Arg(z) bilan belgilaymiz. Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinadiki, agar Arg(z) bo'lsa, u holda ixtiyoriy k Z son uchun + 2k Arg(z) bo'ladi. Shu sababli Arg(z) to'plamni quyidagicha tasvirlash mumkin: Arg(z) = { + 2k: kZ}. Burish burchagining kosinusi va sinusi ta'riflaridan ko'rinadiki, z = x + yi kompleks sonning har qanday cp argument! uchun quyidagi munosabatlar o'rinli: cos=, sin = Bu tengliklar asosida, z = x + yi kompleks sonini z= z|(cos( + i sin) ko'rinishida yozib olish mumkin. Bunday yozish kompleks sonni trigonomelrik shaklda tasvirlash deb yuritiladi. Kompleks son cheksiz ko'p argumentlarga ega bo'lgani uchun, uni cheksiz ko'p usullar bilan trigonometrik shaklda yozish mumkin. Shu sababli kompleks sonning trigonometrik shaklini tayin bir oraliqda yotadigan argument orqali yozish maqsadga muvofiqdir. Biz ana shunday oraliq sifatida [0; 2] oraliqni olamiz. Bu oraliqda har qanday z(z0) kompleks sonining faqat bitta argumenti yotadi. z = x + yi kompleks sonining [0; 2] oraliqda yotadigan argumenti shu sonning bosh argumenti deyiladi va arg(z) bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda,z = z|(cos(arg(z)) + isin(arg(z))) ni z kompleks sonning bosh trigonometrik shakli deb ataymiz. Bundan keyin, kompleks sonning argumenti va kompleks sonning trigonometrik shakli deyilganda, mos ravishda kompleks sonning bosh argumenti va bosh trigonometrik shakli nazarda tutiladi. Endi z = 0 soni ustida to'xtalamiz. Bu sonning moduli 0 ga teng, lekin argumenti aniqlanmaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling