14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

2 Mehnat resurslari statistikasi 
Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 
hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi - ishlamayotgan 
birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga ko’ra imtiyozli 
shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi 
shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha 
bo’lgan xotin-qizlar). 
“Mehnat kodeksi”ga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007
yil 24 maydagi № 106 sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band
bo’lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to’g’risida”gi
qaroriga binoan mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi


esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh deb qabul qilingan. 
Metodika shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band 
bo’lmagan aholi sonini mintaqalar bo’yicha hisoblab chiqish va shu asosda mehnat 
resurslari balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi. 
Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan belgilangan 
me’yorlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va 
mehnat bozorining o’ziga xos xususiyatlarini ham hisobga oladi. 
Ushbu metodikada "ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan 
aholi" tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan "ishsizlar" tushunchasiga 
teng deb qaraladi. 
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholini hududlar 
bo’yicha hisoblab chiqishda va mehnat resurslari balansini tuzishda axborot bazasi 
sifatida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining statistika 
ma’lumotlaridan hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 
tomonidan o’tkaziladigan ish bilan ta’minlash masalalarini o’rganib chiqish 
natijalaridan foydalaniladi. 

Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling