14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari
Download 480.36 Kb. Pdf ko'rish
|
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
bunda: E 16 60 - 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar soni; X 16 55 - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar soni; Nog - mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari soni; Pi - imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar soni. Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi: B ITr ITnr MM , bunda: ITr - iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar soni; ITnr - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar soni; MM - migrant mehnatchilar soni - chet ellarda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar. Ushbu bobdagi ko’rsatkichlarni hisoblashda davlat statistika hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar ma’lumotlaridan foydalaniladi. Rasmiy sektorda band bo’lganlar soni davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi: yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar; harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari; kooperativlar va shirkatlar a’zolari; xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar; yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar; yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish bilan band bo’lgan shaxslar; nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari. Xalqaro mehnat tashkiloti me’yorlaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika qo’mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo’lganlar soni tarkibiga ijtimoiy sug’urta va soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi: yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan dehqon xo’jaliklari a’zolari; uyda pulli xizmatlar ko’rsatish bilan band bo’lgan shaxslar (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar); jismoniy shaxslarda haq olib ishlovchi shaxslar; oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari;tegishli ro’yxatdan o’tmay ishlovchi tadbirkorlar. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari bo’yicha har chorakda o’tkaziladigan tadqiqotlar asosida aniqlanadi. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo’yicha tanlama kuzatish ma’lumotlari asosida: a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug’ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so’rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: ChcSi SSi 100 , SS bunda: ChcSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar salmog’i; SSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami; b) olingan salmoq ko’rsatkichi bo’yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: ITNPi MLA CchCi Download 480.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling