14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari
Download 480.36 Kb. Pdf ko'rish
|
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
S
Q W Xodimlarning amaldagi va zarur soni o’rtasidagi farq yashirin to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik (agar musbat bo’lsa) yoki aksincha, ishchilarni ekspluatatsiya qilishning yuqori darajasini (agar manfiy bo’lsa) ko’rsatadi. Ish bilan bandlikni ta’riflaganda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo’yicha bir kishiga ish vaqtining o’rtacha amaldagi miqdori t ' aniqlanadi: t ' T bunda: t ' i 1 , T i i 1 t ' i -iqtisodiyot tarmog’idagi (sohasidagi) ish vaqtining davomiyligi; T i i - iqtisodiyot tarmog’idagi (sohasidagi) xodimlar soni; T i – mamlakat i 1 iqtisodiyotida ish bilan band bo’lgan umumiy xodimlar soni; N – iqtisodiyot tarmoqlari soni. Respublika bo’yicha bir kishiga to’g’ri kelgan haqiqatda ishlangan kishi- soatlar miqdori 2009 yilda 2003 yilga nisbatan yil bo’yicha 293,4 soatga, oy bo’yicha 24,5 soatga va kun bo’yicha 1,02 soatga oshgani holda, ushbu ko’rsatkich Andijon, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida pasaygan. Bu holat ayrim viloyatlarda ish vaqtidan foydalanish masalasida muammolar mavjudligini ko’rsatadi. Aholining iqtisodiy faolligini tahlil qilish uchun ishsizlik va to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikning umumiy darajasi ko’rsatkichini qo’llash mumkin. U ish uchun ehtimoliy mumkin bo’lgan foydalanilmay qolgan ish vaqtining amaldagi yoki mumkin bo’lgan ish vaqtiga nisbati kabi belgilanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ulushlar va nisbatlar ikkala jinsdagi va ma’lum yosh guruhlaridagi shaxslar uchun alohida hisoblanishi mumkin. Ishchi kuchi tashqi migratsiyasining statistik ko’rsatkichlarini xalqaro taqqoslashlarda mos holda immigrant va emigrant, mehnatkash-immigrant va mehnatkash-emigrant atamalari ishlatiladi. Har bir davlat yoki davlatlar guruhi uchun tegishli statistik ma’lumotlar bo’lganda, quyidagi mutlaq ko’rsatkichlarni hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi: N – immigrantlarning (kelishlarning) soni – jami, ulardan: mehnatkash-immigrantlar: – emigrantlarning (chiqishlarning) soni – jami, ulardan: mehnatkash-emigrantlar: umumiy migratsiya saldosi, jumladan: mehnat migratsiyasining saldosi: migratsiyaning umumiy hajmi, jumladan: -mehnat migratsiyasining hajmi. Umumiy va mehnat migratsiyasining saldo ko’rsatkichlari tahlili har bir muayyan davlatning aholi va ishchi kuchining “jalb etish yoki chiqib ketish markazlariga” kiritish uchun asos bo’ladi. Masalan, emigratsiyaning immigratsiyadan ustunroq bo’lishi “netto-emigratsiya” yoki sof emigratsiya deyiladi, immigratsiyaning emigratsiyadan ustunroq bo’lishi esa “netto- immigratsiya” yoki sof immigratsiyani ko’rsatadi. Xalqaro mehnat migratsiyasining mutlaq statistik ko’rsatkichlari asosida tegishli ko’rsatkichlarning nisbiy vaznlarini hisoblash mumkin. Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining nisbiy ko’rsatkichlariga kelsak, shuni qayd etish kerakki, ma’lum axborotlar bo’lganda ular muayyan davlatning hududida yashovchi mehnatga layoqatli aholining o’rtacha yillik soniga nisbatan hisoblanadi va quyidagi indikatorlar bilan belgilanadi: – mehnat immigratsiyasi koeffitsienti; – mehnat emigratsiyasi koeffitsienti; –mehnatkash-migrantlar orttirmasining intensivligi koeffitsienti; – mehnat migratsiyasi hajmining intensivligi koeffitsienti (yoki mehnat migratsiyasining me’yori); – tashqi mehnat migratsiyasi unumdorligi koeffitsienti; – tashqi mehnat migratsiyasining nisbiy saldosi. Mehnatkash-migrantlarning oqimlarini hisobga olishni yo’lga qo’yilgan tizimida ishchi kuchining an’anaviy eksporterlari bo’lgan davlatlar uchun ishchi kuchi reemigratsiyasining hamda reemigrantlarning kelib chiqish davlatidagi salohiyatidan foydalanishning statistik tavsifi muhim ahamiyat kasb etadi. Reemigrantlarning ixtiyoriy qaytib kelishi va jarayonlarga moslashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash uchun statistik usullar yordamida vataniga qaytishning sababi; mehnat shartnomalari (kontraktlari) amal qilish muddati tugaganidan keyin vataniga qaytib kelayotgan emigrantlarning soni va tarkibi; reemigrantlar tarkibining chet elga chiquvchilar va chet elda ish bilan band bo’lganlarning tarkibi bilan o’zaro bog’lanishi; ijtimoiy ierarxiyada va ishlab chiqarish faoliyatida tutgan o’rnining o’zgarishi; ishga joylashish imkoniyatlari va hokazo. Ishchi kuchi reemigratsiyasini o’rganishning statistik amaliyotini takomillashtirish maqsadida reemigratsiya koeffitsientini quyidagi formula bo’yicha hisoblash taklif etiladi: Download 480.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling