14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

4. Mehnat resurslari balansi 
 
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mehnat bozorining holati va ish bilan 
bandlik to’g’risida tezkor va xolisona axborot olish hamda tumanlar va shaharlar 
bo’yicha alohida mintaqalar bo’yicha, shuningdek umuman respublika bo’yicha 
ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan shaxslar sonini aniqlash maqsadida Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika 
qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. 
Mehnat resurslari hisob-kitob balansi asosida mahalliy davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha 
aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan, hududlar bo’yicha ish o’rinlari 
tashkil etish parametrlarini ishlab chiqish va zarurat bo’lganda, unga tuzatishlar 
kiritish, shuningdek ishsizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlariga 
yo’naltiriladigan moliyaviy resurslar hajmini aniqlash amalga oshiriladi. 
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi quyidagilardan kelib chiqqan holda 
yilning har choragida ishlab chiqiladi: 
ish bilan band bo’lganlar toifalarining soni to’g’risida davlat statistika 
hisobotining dastlabki ma’lumotlari; 
norasmiy sektorda ish bilan band bo’lgan shaxslar soni va chet elda mehnat 
faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar soni; 
iqtisodiy faol bo’lmagan aholi soni; 
ish bilan band bo’lmagan aholi soni; 
emigrant mehnatchilar soni. Bunda tumanlar, shaharlar, viloyatlar bo’yicha 
mehnat resurslari balansi hisob-kitobida ish bilan bandlik bo’yicha uy xo’jaliklarini 
o’rganib chiqishga kiritilgan mehnat emigratsiyasi yuzasidan modul savollariga 
javoblar bo’yicha olingan chet eldagi migrant mehnatchilar to’g’risidagi 
ma’lumotlar hisobga olinadi. 
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi hududlar bo’yicha ishlab chiqiladi. 
Tumanlar (shaharlar) bo’yicha mehnat resurslarining hisob-kitob balansi 
tegishli Bandlikka ko’maklashish markazlari tomonidan hisobot choragining oxirgi 
oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay ishlab chiqiladi va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va 
Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, 
shuningdek Davlat statistika qo’mitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi. 


Hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan hisob-kitob balansiga tumanlar va 
shaharlar bo’yicha uy xo’jaliklarini o’rganib chiqish natijalarining tartibga solingan 
ma’lumotlari (jadval shakllarida) ilova qilinadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
bosh boshqarmalari Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasining hududiy 
boshqarmalari bilan birgalikda olingan ma’lumotlar asosida har bir tuman (shahar) 
bo’yicha hisob-kitob balanslarini ishlab chiqadilar. Bunda umuman respublika 
bo’yicha mehnat resurslari yig’ma balansini ishlab chiqishda takomillashtirilgan 
bojxona deklaratsiyasi bo’yicha statistika hisoboti ma’lumotlari, mehnat 
emigratsiyasi masalalari bo’yicha o’rganish materiallari hamda Tashqi mehnat 
migratsiyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik 
muassasalari ma’lumotlari asosida olingan emigrant mehnatchilar to’g’risidagi 
ma’lumotlar hisobga olinadi. 
Mehnat resurslarining hisobot balansi har bir yil yakunlari bo’yicha 
tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo’mitasi 
tomonidan ishlab chiqiladi. 
Mehnat resurslarining hisobot balansi davlat statistika hisoboti ma’lumotlari 
aniqlashtirilishi hisobga olingan holda hisob-kitob balanslari ma’lumotlariga 
asoslanadi. 
Mehnat resurslarining prognoz balansi bo’lajak davr uchun (maqsadlarga 
bog’liq holda - 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi tomonidan 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab 
chiqiladi. 
Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga 
olinadi: 
ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan aholining 
(ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o’sishi 
va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini 
amalga oshirishning mo’ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning 
o’sishi va uning tarkibiy o’zgarishi; 
mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo’lmagan aholi turli toifalarini 
(o’quvchilar, bola parvarishi bo’yicha ta’tilda bo’lgan ayollar va boshqalar) 
shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi. 
Mehnat resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o’rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va 
kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini 
aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi. 
O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi jihatdan eng yuqori 
bo’lgan mintaqalar qatoriga kiradi. Ayniqsa aholining tarkibida mehnat qilish 
yoshida bo’lgan kishilar soninng nisbatan tezroq o’sishi Respublika mehnat 
resurslarining jadal o’sishiga olib kelmoqda. 





Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling