14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI






bilan bandlarning soniga kiritilmaydi. 
Amaliy sabablarga ko’ra, to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikning statistik 
o’lchovlarini, uning ochiq shakli bilan cheklash mumkin. Xalqaro statistikada ochiq 
to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni ta’riflash uchun quyidagi ikkita ko’rsatkichdan 
foydalaniladi: to’liq bo’lmagan ish vaqti davomida ish bilan band bo’lgan shaxslar 
soni; foydalanilmagan ish vaqtining hajmi (vaqt birliklari shaklida – kun, yarim kun 
yoki soat). 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni ta’riflashda ish bilan band aholi 
sonini ish vaqtining davomiyligiga (ish soatlari soniga yoki haftasiga ish kunlari 
soniga) ko’ra guruhlash juda muhim hisoblanadi. 
Masalan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan haftasiga ish soatlari soniga 
ko’ra ish bilan bandlar sonini guruhlash qo’llanishi tavsiya etiladi: 
15 soatdan kam; 15 soatdan 31 soatgacha; 32 soatdan 34 soatgacha; 
35 
soatdan 39 soatgacha; 40 soatdan 44 soatgacha; 45 soatdan 47 soatgacha; 48 soat va 
undan ortiq. 
Hafta ish kunlarining soniga ko’ra guruhlash quyidagicha bo’ladi: 1 kun; 2 
kundan 4 kungacha; 5 kun va undan ortiq. 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni tahlil qilganda to’liq bo’lmagan ish bilan 
bandlar sonini to’liq ish vaqti mobaynida ish bilan band bo’lganlar soni bilan taqqoslash, 
tegishli ulushlarini esa iqtisodiyot tarmoqlari va kasbiy guruhlar 
bo’yicha alohida hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni

K

foydalanilmay qolgan ish 
vaqtining hajmi ko’rsatkichi bo’yicha o’lchash uchun ish kuni, hafta, yilning 
amaldagi davomiyligini

T

xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan

T

ish kuni, hafta, yilning davomiyligi bilan taqqoslash lozim, va natijada, belgilangan 
ish vaqtining foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 


T
h
 

Odatda to’liq bo’lmagan ish bilan bandlarga ish vaqtining belgilangan 
davomiyligining 80 foiz qismidan kam vaqt ishlagan shaxslar kiritiladi. 
Ish vaqtining belgilangan va amaldagi davomiyligi o’rtasidagi farq ish vaqtini 
yo’qotish ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. 
Shuni qayd etish lozimki, ish vaqtining belgilangan davomiyligi har bir 
davlatning qonunchiligi orqali iqtisodiyotning har bir muayyan sohasi uchun tartibga 
solinadi. Masalan, Germaniyada 1993 yilda ish haftasining davomiyligi sanoat va 
qurilishda 38 soat, xizmat ko’rsatish sohasida 39 soatni tashkil qilgan; Buyuk 
Britaniyada mos ravishda 37 soat va 39 soat belgilangan. Ish haftasining davomiyligi 
tadbirkorlar va kasaba uyushmalari o’rtasidagi jamoa shartnomasi asosida 
belgilanadi. Bundan tashqari, mehnat qonunchiligi ish vaqtidan tashqari ish 
miqdorini cheklaydi.Masalan, Frantsiyada ular haftasiga 9 soatdan va yiliga 130 
soatdan ortishi mumkin emas; Germaniyada yiliga 30 kun davomida kuniga 2 
soatdan ortishi mumkin emas. 







Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining o’rtacha 
darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida ushbu ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to’liq bo’lmagan ish 
bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin. Agar ishlab chiqarish hajmini 
yoki mahsulot hajmini “ ” orqali, mehnat unumdorligining 
o’rtacha darajasini esa W orqali ifodalasak, zarur xodimlarning soni quyidagicha 
aniqlanadi: 

Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling