14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


 Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

5. Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi 
 
Mehnat bozorini iqtisodiy-statistik tahlil qilish va uni rivojlantirish 
tendentsiyalarini aniqlash uchun statistikada ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. 
Mehnat bozorini tahlil qilishning statistik ko’rsatkichlar tizimi, qo’yilgan 
maqsadga ko’ra, bir qancha blok va guruhlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, 
ishchi kuchining shakllanishi nuqtai nazaridan, mehnat yuklanishining quyidagi 
ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega: mehnat o’rnini bosish 

MO`BK

, nafaqa 
yuklanishi

NYUK 

va umumiy mehnat yuklanishi koeffitsientlari 

UMYUK


Ularni hisoblashda jami aholi uch guruhga ajratiladi: 
1) mehnat yoshidan yosh aholi


0

x




2) mehnat yoshidagi aholi 


 
 
x


3) mehnat yoshidan katta bo’lgan aholi 


 
 
y


Mehnat yuklanishi ko’rsatkichlarini hisoblash quyidagi formulalar yordamida 
amalga oshiriladi: 
MO`BK 

S
0

x

1

1000 
S
x


NYUK 

S
y



1000 
S
x


UMYUK 

S
0

x

1

S
y



1000 
S
x


 
Bunda: – mehnat yoshining pastki chegarasi; – mehnat yoshining yuqori 
chegarasi;

1 – mehnat yoshining pastki yoshidan avvalgi yosh;

1 – mehnat 
yoshidan keyingi yosh. 
Mehnat o’rnini bosish, nafaqa yuklanishi va umumiy mehnat yuklanishi 
ko’rsatkichlari o’zaro bog’liq ko’rsatkichlardir: 
UMYUK 

MO`BK 

NYUK 
Aholini mehnatga layoqat yoshiga ko’ra tarkibining xalqaro taqqoslashini 
o’tkazish va mehnat yuklanishi ko’rsatkichlarining dinamikasini o’rganish uchun 
BMT Statistika komissiyasi tomonidan ikkala jins uchun aholini quyidagicha 
guruhlash tavsiya etilgan: mehnat yoshidan yosh – 0 dan 14 yoshgacha, mehnat 
yoshida – 15 dan 64 yoshgacha, hamda mehnat yoshidan katta – 65 yosh va undan 
katta kishilar. 
Statistik ma’lumotlar ko’rsatishicha mehnat o’rnini bosish koeffitsienti 2000 
yildagi 750,6 promilledan 2009 yilda 529,8 promillegacha kamaygan. Xususan, 
Toshkent shahrida mos ravishda 469,5 promilledan 402,7 promillegacha, Toshkent 




viloyatida 675,5 promilledan 481,9 promillegacha, Navoiy viloyatida 699,9 
promilledan 482,1 promillegacha kamaygan. 
Nafaqa yuklamasi hamda umumiy mehnat yuklamasi koeffitsientlari ham mos 
ravishda 137,4 promilledan 121,8 promillegacha va 887,9 promilledan 651,6 
promillegacha kamaygan. 
Yuqoridagi yuklama koeffitsientlarining pasayish sabablari quyidagicha 
bo’lgan: 2000-2009 yillar davomida mehnat yoshidan kichik bo’lganlar soni 8,9 
foizga kamaygan, mehnat yoshidan kattalar soni 14,4 foizga va mehnat yoshidagilar 
soni esa 29,0 foizga oshgan. Ushbu holat tug’ilish koeffitsentining 2000 yilda 21,3 
promilledan 2003-2005 yillarda 19,8-20,8 promillega pasayganligi 
hamda vafot etish koeffitsientining esa 2000 yildagi 5,5 promilledan 2009 yilda 4,8 
promillegacha pasayganligi bilan izohlash mumkin. 
Mehnat yuklanishi koeffitsientlari mehnat yoshidagi shaxslarga iqtisodiy 
bosimni ta’riflab, ishchi kuchidan oqilona foydalanish hamda ijtimoiy ta’minot 
chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. 
Mehnatga layoqatli aholining soni aholining yosh-jins tarkibiga bog’liq. 
Mehnat salohiyatini statistik o’rganish esa davlatlarda sodir bo’ladigan demografik 
jarayonlarning holatiga asoslanadi. Ushbu jarayonlarni tavsiflash uchun aholining 
tabiiy va mexaniq harakati ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Shuni qayd etish lozimki, mehnatga layoqatli aholi davlatning iqtisodiy 
faoliyatda ishlatilishi mumkin bo’lgan mavjud mehnat salohiyatini aks ettiradi. Uni 
qo’llana olinadigan salohiyatdan farqlash lozim, bu faqat ishsizlar va ish bilan band 
bo’lganlarni o’z ichiga olgan iqtisodiy faol aholi kabi ta’riflanadi. Iqtisodiy faol 
aholi mehnatga layoqatli aholidan iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishni 
xohlamaydigan mehnatga layoqatli aholining soni miqdoriga kamroq bo’ladi. 
Xalqaro standartlarda iqtisodiy faol aholini aniqlaydigan ikkita o’lchash 
vositasi ko’zda tutiladi – bu uzoq vaqt (bir yil va undan ortiq) hamda qisqa vaqt (kun 
yoki hafta) nisbatan joriy faol bo’lgan aholi yoki ishchi kuchi hisoblanadi. 
Turli davlatlarda iqtisodiy faol aholi sonini aniqlash uslubiyati turlicha. Bunga 
harbiy xizmatchilar; davlat muassasalarida ta’minlanayotgan shaxslar (masalan, 
mahkumlar); rezervatsiyalarda yashayotgan shaxslar; ilk bora ish izlayotgan 
shaxslar; mavsumiy ishchilar va to’liq bo’lmagan ish vaqti davomida iqtisodiy 
faoliyat bilan band bo’lgan shaxslar kabi guruhlarni hisobga olishni misol qilib olish 
mumkin. Ba’zi davlatlarda bu guruhlarning barchasi yoki bir qismi iqtisodiy faol 
aholi toifasiga kiritiladi, boshqa davlatlarda esa ular nofaol deb qaraladi. Lekin 
odatda iqtisodiy faol aholi to’g’risidagi ma’lumotlarga talabalar, faqat uy ishi bilan 
band bo’lgan ayollar, nafaqaxo’rlar, to’liq o’z mablag’lariga yashayotgan shaxslar 
va boshqalarga to’liq qaram bo’lgan shaxslar kiritilmaydi. Mahkumlar odatda, 
ularning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishidan qat’iy nazar, ish bilan bandlar va 
ishsizlarning tarkibiga kiritilmaydi. 
Iqtisodiy faol aholi tarkibini o’rganishda umumdemografik va ijtimoiy- 
iqtisodiy guruhlar keng qo’llaniladi. 
Umumdemografik guruhlar nafaqat iqtisodiy faol aholiga, balki butun aholiga 
tegishlidir. Ularga quyidagilar kiradi: 





a) yoshi va jinsiga ko’ra; 
b) har bir davlatning ma’muriy-hududiy bo’linishi asosida amalga 
oshiriladigan hududiy bo’linishi (yashash joyiga ko’ra); 
v) har bir davlatda amal qilayotgan mezonlarga muvofiq shahar va qishloq 
aholisiga bo’linishi; 
g) oilaviy holatiga ko’ra (nikohda bo’lganlar; bo’ydoqlar; ajrashganlar; 
bevalar); 
d) oila a’zolarining soniga qarab; 
e) millati va ona tiliga ko’ra (har bir kishining fikriga qarab); 
j) fuqaroligiga ko’ra (ushbu shaxs qaysi davlatning fuqarosi bo’lishiga 
ko’ra); 
z) ma’lumot darajasiga ko’ra (ushbu davlatda tarkib topgan ta’lim tizimiga 
muvofiq); 
i) yashash uchun mablag’ manbaiga ko’ra (mashg’ulotidan daromadlar; 
nafaqa; yordam nafaqalari; stipendiyalar; kapital daromadlari; foizlar; dividendlar; 
ijara haqi; ayrim shaxslarning boquvidagi kishilar; jamoaning boquvidagi kishilar; 
davlat boquvidagi kishilar). 
Ijtimoiy-iqtisodiy bo’linish bevosita iqtisodiy faol aholiga tegishli bo’ladi va 
uning iqtisodiy faollik jarayonida tutgan o’rnini ko’rsatadi. Ularga eng avvalo sobiq 
sotsialistik davlatlar statistikasi qo’llagan sinflar va ijtimoiy guruhlar bo’yicha 
guruhlash kiradi. Hozirgi vaqtda ular Xalqaro bandlik maqomining tasnifi negizida 
amalga oshiriladigan mashg’ulotlardagi holati bo’yicha guruhlash bilan 
almashtirilgan. 
Iqtisodiy faol aholi, ishsizlar va ish bilan band aholi soni to’g’risidagi 
ma’lumotlar asosida tegishli iqtisodiy faollik


Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling