14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

IFK

, ishsizlik

IK 

va ish bilan 
bandlik

IBBK

koeffitsientlari ayrim yosh va jins guruhlari bo’yicha hamda 
umuman o’rtacha yillik doimiy aholi uchun aniqlanadi. Bunda ish bilan bandlik va 
ishsizlik koeffitsientlarini quyidagi taqqoslash negizlariga ko’ra hisoblash mumkin: 
a) o’rtacha yillik doimiy aholining soniga nisbatan 


 
o`. y..
b) iqtisodiy faol aholining soniga nisbatan 


.

Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarni hisoblash quyidagi formulalar bo’yicha 
amalga oshiriladi:
IFK 



IBBK 


.
S
o`. y..
 
S
i.b.b.
S
o`. y..

100 

100 
IK 

S
i.
S
o`. y..

100 


IBBK 

S
i.b.b.

.

100 
IK 

S
i.

.

100 
O’rtacha yillik doimiy aholi tarkibida faol aholi ulushining 1991–2000 yillarda 
kamayib, 2000–2009 yillarda esa oshib borganligini ko’rsatmoqda. Ushbu 
ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 1991 yilda 39,6 foizni, 1995 yilda 
37,3 foizni, 2000 yilda 36,6 foizni tashkil qilib, 2009 yilga kelib 43,0 foizga teng 
bo’lgan. Respublika hududlari kesimida eng yuqori faollik darajasi 2009 yilda 
Toshkent shahrida (53,5 foiz), Navoiy (50,2 foiz) va Buxoro (49,2 foiz) viloyatlarida 
kuzatilgan bo’lsa, eng past darajadagi faollik esa Jizzax (35,0 foiz), Namangan (37,3 
foiz) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (37,7 foiz) qayd qilingan. 
Bunday farqlanish asosan ushbu hududlardagi ish bilan bandlik darajasi bilan uzviy 
bog’liqlikdadir. 
Ish bilan bandlik va iqtisodiy faollik koeffitsientlarining o’zgarish 
tendentsiyalari deyarli bir xil bo’lib, 1991 yilda ushbu koeffitsientlar darajalari ham 
bir xil bo’lgan. Buning sababi, shu yili, Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga 
ko’ra, iqtisodiy faol aholi soni ham, ish bilan band aholi soni ham 8 255,0 ming 
kishiga teng bo’lgan. Keyingi yillarda esa ular orasidagi farq oshib borgan. 
Masalan, 2009 yilda faollik koeffitsienti 43,0 foizga teng bo’lsa, ish bilan 
bandlik koeffitsienti 40,8 foizga teng bo’lgan, ya’ni ishsizlik darajasi 2009 yilda 
1991 yilga nisbatan oshgan. 
2007 yilga qadar bo’lgan davrda statistika amaliyotida ishsizlik darajasi 
bandlikka ko’maklashish markazlari orqali ro’yxatdan o’tib ishsiz deb e’tirof 
etilganlarning sonini o’rtacha yillik doimiy aholi va iqtisodiy faol soniga nisbatan 
hisoblangan. Ushbu yondashish XMT tavsiyalariga mos kelmas edi. XMT 
tavsiyalarida ishsizlar tarkibiga nafaqat bandlikka ko’maklashish markazlarida 
ro’yxatdan o’tganlar balki mustaqil tarzda ish izlayotganlarni ham hisobga olish 
lozimligi belgilangan. 
Xalqaro amaliyotda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan 
hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash amaliyoti Davlat statistika qo’mitasi 
tomonidan 2007 yildan boshlab qo’llanilmoqda. 2007–2009 yillarda iqtisodiy faol 
aholining ishsizlik darajasi 4,9–5,0 foizni tashkil qilgan va bu ko’rsatkich tabiiy 
ishsizlik darajasi doirasida saqlangan. Hududlar kesimida 2009 yilda iqtisodiy faol 
aholining eng yuqori ishsizlik darajasi Qoraqalpog’iston Respublikasi (6,9 foiz), 
Farg’ona (5,5 foiz) viloyatida qayd etilgan bo’lsa, eng past daraja Toshkent shahri 
(3,4 foiz) va Sirdaryo viloyatida (4,4 foiz) kuzatilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsientlari 
ikki xil ko’rinishda hisoblanishi mumkin: 
a) biror-bir sanadagi holatiga ko’ra; 
b) biror-bir davr uchun. 


Statistika amaliyotida ko’pincha iqtisodiy faol aholiga nisbatan hisoblangan 
ishsizlik va ish bilan bandlik koeffitsientlari ishlatiladi. Bu holda ishsizlik va ish 
bilan bandlik koeffitsientlarining yig’indisi birga teng bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi statistika amaliyotida aholini ish bilan bandligi 
muammolari bo’yicha ishchi kuchining tadqiqotlari asosida olinadigan va Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti tavsiyalariga muvofiq hisoblangan ishsizlarning umumiy soni va 
umumiy ishsizlik darajasining baholash ko’rsatkichlari bilan birga bandlikka 
ko’maklashish markazlari joriy statistikasining ma’lumotlariga ko’ra ro’yxatga 
olingan ishsizlik darajasining ko’rsatkichi ham hisoblanadi. Ro’yxatga olingan 
ishsizlik darajasi bandlikka ko’maklashish markazining idoralarida ro’yxatga 
olingan ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbatidan iborat bo’ladi. 
Ro’yxatga olingan ishsizlik darajasi uning umumiy darajasidan bir necha baravar 
pastroq bo’ladi, chunki u iqtisodiy faol aholining umumiy sonidan amaldagi barcha 
ishsizlarning faqat ozchilik qismi bo’lgan ulushini ko’rsatadi. 
Aholining iqtisodiy faolligini ta’riflashda, ish bilan bandlik va ishsizlik 
ko’rsatkichlarini tahlil qilishdan tashqari, hozirgi vaqtda to’liq bo’lmagan ish bilan 
bandlik va uni amaliy statistikada aks ettirish muammosi, ayniqsa jahon moliyaviy- 
iqtisodiy inqiroz sharoitida, borgan sari dolzarb bo’lib bormoqda. To’liq bo’lmagan 
ish bilan bandlik ta’rifi Xalqaro Mehnat Tashkilotining rezolyutsiyasiga asoslanadi, 
unga ko’ra u individning ishi ma’lum me’yorlar nuqtai nazaridan yoki uning 
malakasini (tayyorgarligi va ish tajribasini) hisobga olgan holda qoniqarsiz 
bo’lganda mavjud bo’ladi. Shunday qilib, to’liq bo’lmagan ish bilan bandlarga 
mashg’ulotga ega bo’lgan, lekin o’z ixtiyoriga qarshi to’liq bo’lmagan ish vaqti 
davomida ishlagan, bajaradigan ishidan tashqari yana ishga ega bo’lishni istagan va 
unga kirishishga tayyor bo’lgan shaxslar kiradi. Bundan tashqari, ularga mashg’uloti 
bo’lgan, yaxshiroq sharoitlarda ishlaganda yoki kasbiy tayyorgarligiga muvofiq o’z 
kasbini o’zgartirganda daromadi yoki ish haqi ortadigan ishchilar kiradi. Ta’rifdan 
ko’rinib turibdiki, ishlagan vaqti yoki olgan daromadi ishchilarni to’liq bo’lmagan 
ish bilan bandlarga kiritish uchun asos bo’lib hisoblanadi. 
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlik to’g’risida statistik ma’lumotlar manbai 
bo’lib, aholi ro’yxati yoki maxsus tanlama kuzatish ma’lumotlari xizmat qilishi 
mumkin. 
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlikning ikkita asosiy shakli ajratib ko’rsatiladi: 
ochiq va yashirin. 
Ochiq to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik – bu asosan statistik tushuncha bo’lib, 
u ishchi kuchi tadqiqotlari va boshqa tadqiqotlarni o’tkazish orqali bevosita 
o’lchanishi mumkin. U hajmi etarli bo’lmagan ish bilan bandlikni aks ettiradi 
(qisqartirilgan ish kuni, qisqartirilgan ish haftasi). 
Yashirin to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik asosan tahliliy tushuncha bo’lib, u 
ishchi kuchining noto’g’ri taqsimotini yoki mehnat va ishlab chiqarishning boshqa 
omillari o’rtasidagi mutanosiblikning buzilishini aks ettiradi, unga past daromadlar
malakadan etarlicha foydalanmaslik va past unumdorlik xosdir. 
Shuni qayd etish lozimki, o’z ixtiyoriga ko’ra to’liq bo’lmagan ish kuni 
ishlaydigan shaxslar (ayollar, o’smirlar, qari yoshdagi shaxslar) to’liq bo’lmagan ish 



Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling