,
bunda:
INFA
- iqtisodiy faol bo’lmagan aholi soni; O`- ishlab chiqarishdan ajralgan
holda o’qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar
va talabalar soni; A - uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan
ayollar soni; IN - ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari soni; IBB- ixtiyoriy
ravishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar, shuningdek ko’char va ko’chmas
mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar soni.
Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj
sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo’yicha
Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlarida rasman ishsizlar sifatida
ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo’li bilan quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
IM
IB
RR ,
bunda: IM - ish bilan band bo’lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar
soni; IB - ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholi
(ishsizlar) soni; RR - ishga joylashtirishga muhtoj bo’lganlarni aniqlash paytida
rasman ro’yxatdan o’tkazilgan ishsizlar soni.
2. Aholining ish bilan bandligi statistikasi
Aholining ish bilan bandligini o’rganish uy xo’jaliklarini tanlama kuzatish
ma’lumotlariga asoslanadi.
Uy xo’jaliklarini so’rovi Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari
xodimlari tomonidan har chorakning oxirgi oyi ikkinchi o’n kunligi mobaynida
o’tkaziladi.
So’rov o’tkaziladigan uy xo’jaliklarini tanlash har bir tuman bo’yicha
ma’lumotlarning reprezentativligini ta’minlaydigan bo’lishi zarur. Tanlov uy
xo’jaliklarining kamida bir foizini so’rov bilan qamrab oladi.
Uy xo’jaliklarini so’rovi Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari
tomonidan tuman (shahar) hamda statistika bo’limlari bilan birgalikda o’tkaziladi va
bu ish to’rt bosqichdan tashkil topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |