14-mavzu. Mehnat bozori statistikasi mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari


Download 480.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana15.03.2023
Hajmi480.36 Kb.
#1271976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-MAVZU. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI

reemigratsiya 

Qaytib kelg an emigrantlar soni 
Chet elda ishga kirgan emigrantlar soni 



 
Reemigrantlarning ijtimoiy ierarxiyada va ishlab chiqarish faoliyatida tutgan 
o’rnining o’zgarishini statistik baholash uchun tanlanma kuzatish tadqiqotlari 
asosida quyidagi tarzda hisoblanadigan ijtimoiy va kasbiy barqarorlik va ko’chish 
qobiliyatining koeffitsientlaridan foydalanish mumkin: 
– ijtimoiy barqarorlik koeffitsienti: vataniga qaytganidan so’ng o’zining 
ijtimoiy guruhidagi tutgan o’rnini saqlab qolgan reemigrantlar sonini ushbu ijtimoiy 
guruh emigrantlarining qaralayotgan davrdagi soniga bo’lgan nisbatini ifodalaydi; 
– ijtimoiy ko’chish qobiliyati koeffitsienti: ijtimoiy guruhini o’zgartirgan 
reemigrantlarning sonini ushbu ijtimoiy guruh emigrantlarining qaralayotgan 
davrdagi soniga bo’lgan nisbati; 
– kasbiy barqarorlik koeffitsienti: vataniga qaytganidan so’ng o’zining 
kasbini (yoki ishlab chiqarish faoliyatining turini) saqlab qolgan reemigrantlarning 
sonini ushbu ijtimoiy guruh emigrantlarining qaralayotgan davrdagi soniga bo’lgan 
nisbati. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasini va ayrim davlatlarning unda ishtirok 
etishini statistik o’rganishga qo’shma tadbirkorlik statistikasidagi ba’zi mutlaq va 
nisbiy ko’rsatkichlar bevosita daxldor bo’ladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
– ushbu davlat hududida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni
– qo’shma korxonalarda band bo’lganlarning umumiy soni – jami, 
shu jumladan: 
mahalliy ishchi kuchi; 
chet el ishchi kuchi; 
– qo’shma korxonalardagi ishlab chiqarish hajmini qabul qiluvchi 
davlatning yalpi ichki mahsulotidagi ulushi. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi muammolari va ko’rsatkichlarini 
o’rganish ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi statistikasining muhim ko’rsatkichi 
bo’lgan ishchi kuchi eksporti qiymatini statistik baholash masalasini hal qilishni 
talab etadi. Ishchi kuchi eksporti qiymati deganda chet elda ishlaydigan fuqarolar ish 
haqini vataniga valyuta jo’natmasi shaklidagi shu davlatlarning to’lov balanslariga 
tushumlari tushuniladi. Bir tomondan, bu ishchi kuchi emigratsiyasining davlatga 
valyuta mablag’larining oqib kelishi sifatida qaralishi,boshqa tomondan esa 
mehnatkash-migrantlar pul jo’natmalarini yuboradigan davlatning to’lov 
balansidagi xarajatlar deb qaralishi mumkin. 
Ishchi kuchi eksporteri bo’lgan davlat daromadlarida amaldagi tushumlar 
valyuta jo’natmalari mablag’laridan ancha katta bo’ladi, chunki mehnat migrantlari 
vatanlariga qaytib kelayotganlarida odatda o’z oilalariga yuborgan mablag’larga 
deyarli teng qiymatdagi tovarlar, boyliklar va jamg’armalarni ham olib keladilar. 
Ishchi kuchi eksportidan daromadlarning boshqa manbalari ham mavjud: 
– ishchi kuchining importerlari bo’lgan davlatlardan kapitallar, ko’pincha 
ijtimoiy sohaga, ishchi kuchini tiklashga qaratiladi; 
– vositachi firmalarning daromadlaridan soliqlar; 
– emigrantlarning shaxsiy investitsiyalari (vataniga ishlab chiqarish 
vositalari va uzoq muddatli foydalanish buyumlarini olib kelishi, er, ko’chmas mulk 
va qimmatli qog’ozni sotib olishi). 


Bundan tashqari, ishchi kuchining importerlari bo’lgan davlatlardan ishchi 
kuchining oqib ketishi uchun to’g’ridan-to’g’ri tovonlar to’lanishi mumkin. 
Valyuta jo’natmalari mablag’lari shaklida tushumlarning ko’rsatkichi asosida 
ishchi kuchi eksportining valyutadagi unumdorligi hisoblanadi, har bir davlatda 
valyuta chegirmalarining qaysi manbai ustuvorligini aniqlash uchun uni tovar 
eksportining valyutadagi unumdorligi bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir. 
Ishchi kuchini an’anaviy tarzda qabul qiluvchi davlatlar uchun immigratsiya 
ularning iqtisodiyoti rivojlanishiga ko’rsatgan ta’sirini baholash zarur bo’ladi. Bu 
maqsadda ishchi kuchining immigratsiyasidan foyda olish ko’rsatkichini quyidagi 
formula bo’yicha hisoblash taklif etilishi mumkin: 
IF 



'

', 

bunda: IF – immigratsiyadan foyda, N ushbu davr mobaynida ishlab 
chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) qiymati, va ' – ushbu davrda 
ish bilan bandlar va chet eldan kelgan ishchi kuchining o’rtacha sonlari, '– chet 
eldan kelgan ishchi kuchi bilan mamlakatda ish bilan band bo’lgan ishchi kuchi 
malakalarining nisbati. (agar

1 bo’lsa, immigratsiyaga kelgan ishchi kuchining 
malakasi mamlakatda ish bilan band bo’lganlar malakasidan yuqori,

1 bo’lsa – 
past va 

1 bo’lsa malakalari teng hisoblanadi). 
Ishchi kuchining immigratsiyasidan foyda olish ko’rsatkichi nafaqat chet el 
ishchi kuchidan foydalanish hisobiga yaratilgan YIM(MD)ning qismini ko’rsatadi, 
balki chet el fuqarolarini qabul qiluvchi davlatning iqtisodiy faoliyatida ishtirok 
etish darajasini baholashga ham yordam beradi. 
Ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlar uchun shunga o’xshash tarzda ishchi 
kuchining eksportidan zarar ko’rish ko’rsatkichini quyidagi formula bo’yicha 
hisoblash taklif etilishi mumkin:
EZ 



''

'', 



bunda: EZ – emigratsiyadan zarar, '' – emigratsiyaga ketgan ishchi kuchi, 
'' – emigratsiyaga ketgan ishchi kuchi bilan mamlakatda ish bilan band bo’lgan 
ishchi kuchi malakalarining nisbati (agar

1 bo’lsa, emigratsiyaga ketgan ishchi 
kuchining malakasi mamlakatda ish bilan band bo’lganlar malakasidan yuqori, 


1 bo’lsa – past va

1bo’lsa malakalari teng hisoblanadi). 
Xalqaro mehnat bozorida yuzaga kelgan past malakali ishchi kuchiga bo’lgan 
ehtiyojning pasayishi va yuqori malakali ishchilar mehnatiga ehtiyojning ortishiga 
bo’lgan moyilliklar tufayli davlatning oliy ma’lumotli (intellektual) salohiyatining 
ishchi kuchi oqib ketishi oqibatida yo’qotishlarini baholash zaruriyati paydo bo’ladi. 
Uni davlatning oliy ma’lumotli (intellektual) salohiyatini yo’qotish koeffitsienti 
orqali quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin: 
ISYK 

OME 
OTMB 

', 
bunda: ISYK – intellektual salohiyatni yo’qotish koeffetsienti, OME – 
ushbu davrdagi oliy ma’lumotli emigrantlarning soni, OTMB – ushbu davrdagi 
oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqqan mutaxassislarning soni, '– 24 va undan 
katta yoshdagi aholi sonida oliy ma’lumotli shaxslarning ulushi (oxirgi aholi ro’yxati 
o’tkazilishi yoki tanlama ijtimoiy–demografik tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra). 
Ushbu ko’rsatkichni tahlil qilish nafaqat turli davlatlarning migratsiya qiluvchi 
yuqori malakali ishchi kuchini taqqoslab baholash uchun, balki xalqaro jihatdan 
“aqllarning oqib ketishi” jarayonini tavsiflash uchun zarur bo’ladi. Uni 
vatanimizning statistik amaliyotiga joriy etish mumkin, lekin bu chiqib ketishning 
manzil varaqasiga ma’lumot darajasi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritishni talab 
etadi. 
Demak, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi xususiyatlarining mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlari tizimini hisoblash va ularni tahlil qilish nafaqat xalqaro mehnat 
bozorining statistik ta’riflanishiga imkon beradi, balki migratsion jarayonlarini 
tartibga solish va prognozlash asosidagi samarali davlat migratsion siyosatini 
shakllantirishga, tashkil etilgan migratsiya yo’li bilan davlat hududida ishchi kuchini 
joylashtirish jarayonlarini boshqarishga hamda davlat tomonidan tashkil etilmagan 
migratsiyaning barcha turlariga ta’sir ko’rsatishga, shuningdek mehnat bozoridagi 
talab va taklifning muvozanatini yaxshilash choralarini ishlab chiqishga ham 
yordam beradi. 

Download 480.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling