14 mavzu. Neyron tarmoqni o’qitish masalasi. Neyron tarmoq aniqligini oshirish yo’llari. Reja
Neyron tarmog'ini teskari tarqalishli aloqa usuli (TTA)
Download 1.34 Mb.
|
14-mavzu (Gradiyentsiz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kop qatlamli tarmoqlarning afzalliklari.
14.5. Neyron tarmog'ini teskari tarqalishli aloqa usuli (TTA)
Ba'zi bir neyronlarning (aksonlarning) chiqishi, navbatdagi neyronlarning kirish signallar(dendritlar) bo’lgan holatlarni ko'rib chiqamiz. Sun'iy NTlarining turlari. Biz yuqorida sun'iy neyronning tuzilishini aniqladik. Sun'iy neyron tarmoq(NT)lari neyronlarning bir-biriga ko'p bog'lanishidan iborat. Shu paytgacha biz kirish ma'lumotlarini neyronlarning kirishiga berilgan variantini ko'rib chiqdik. Ko'pgina NTlarida kirish signallari kirish qatlami deb nomlanadi. Kirish qatlami hech qanday hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi, u faqat kirish signallarini neyronlar o'rtasida taqsimlash masalasini bajaradi. Kirish qatlamidan signal oladigan neyronlar guruhiga yashirin qatlam deyiladi. Yashirin qatlamlar bir nechta bo'lishi mumkin. Ma'lumotlarni hisoblaydigan neyronlar guruhi (tarmoq javoblari) chiqish qatlami deb ataladi. Keltirilgan qatlamlarni 14.3-rasmdagidek tasvirlash mumkin: 14.3-rasm. NTlarining qatlamli bosh miyaning tuzilmasining nusxasi. NTlarining bu tuzilishi biologik miyaning ko'p qatlamli tuzilishini takrorlaydi. NTlarning 14.3-rasmdagi tuzilmasi bosh miyaning ko’pqatlamli biologik tuzilmasining nusxasini takrorlaydi (14.4-rasm). 14.4-rasm. NTlarining qatlamli bosh miyaning biologik tuzilmasining nusxasi. Biz hozirgacha bir qatlamli NTlar bilan shug’ullandik. Ko’p qatlamli NTlari bir qatlamliga qaraganda ancha katta imkoniyatlarga ega.Eng kamida bitta yashirin qatlamga ega bo’lgan NTlar bir qatlamli NTlarga nisbatan ancha ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi. Ko'p qatlamli tarmoqlarning afzalliklari. Mantiqiy algebra haqida bir oz to’xtalamiz. Mantiqiy OR (YOKI) operatsiyasi ko'pincha mantiqiy qo'shish deb nomlanadi. Bu erda qoidalar oddiy qo'shishdagidek 2 emas, balki 1 + 1 = 1 bundan mustasno. Mantiqiy AND (VA) ning ishlashi mantiqiy ko’paytma deb nomlanadi va bu erda hamma amllar odatdagi ko'paytirish kabi bajariladi. Yana bir keng tarqalgan mantiqiy amal – bu NOT (inkor) amali. Uning nomidan kelib chiqadiki, uning maqsadi qiymatlarni teskari yo'naltirishdir. Agar signal qiymati 0 ga teng bo'lsa, mantiqiy inkorni qo’llash natijasida 0 signal 1 ga teng bo'ladi. Agar bizga “yokini inkori”ni matematik mantiqdagi chinlik jadvalaidan foydalanib echsak, u holda quyidagicha bo’ladi: Demak biz buni matematik mantiqdan foydalanib natijalarni hosil qildik. Endi buni NT ga qanday o'tkazish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Agar NTda bitta neyronga shartli ravishda , boshqasiga bersak va chiqindagi qiymatlarni jamlasak, u holda cjiqishda natijani hosil qilamiz. Endi har bir neyron o’rganish jarayonida qandaydir tarzda harakatlarni bizning yordamimissiz o'z-o'zidan avtomatik ravishda bajarishga o’tishi kerak. Bu jarayon 14.5-rasmdagidek amalga oshiriladi. 14.5-rasm. Neyron o’rganish jarayonida harakatlarni avtomatik ravishda bajarish. Ushbu turdagi NT uchta qatlamdan iborat bo'lib, sun'iy NTlarida eng keng tarqalgan. Bunday Ntlarda asosiy hisoblashlashlar aynan yashirin qatlamlarda amalga oshiriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling