14 mavzu. Neyron tarmoqni o’qitish masalasi. Neyron tarmoq aniqligini oshirish yo’llari. Reja


Download 1.34 Mb.
bet6/17
Sana01.04.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1316003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14-mavzu (Gradiyentsiz)

NTlarni obyektlarni anglashga o’rgatishning uslubiy jihatlari. Ba’zi hollarda shunday holatlar uchraydiki, bunda to’r obyektni anglashga o’rgata olmaydi. Bu shunday holatda ro’y beradiki, qachonki o’rgatishning qandaydir pog’onasida o’gatuvchi parametrlar va natijalar o’rtasidagi qonuniylikni bundan keyin izlash imkoniyatlari mumkin bo’lmay qoladi. Masalan. oddiy holatda to’rga bir hil parametrlarga ega bo’lgan turli sinflarga tegishli ikkta obyekt yoki turli javov qiymatiga ega bo’lgan ikkita obyekt berilishi mumkin. Korinib turibdiki, bu holda ikkita obyekt fazoning bitta nuqtasiga tushadi, shuning uchun ularni bir-biridan ajratish mumkin bo’lmaydi va o’rgatish jarayoni to’xtaydi. NTlarni boshqaruvchi dastur o’rgatish jarayonining to’xtaganligi haqida signal beradi va bundan keyin o’rgatish jarayoni mumkin emasligini ko’rsatadi. Bu holatda NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatuvchi mutaxassisning vazifasi bunday holatlarning oldini olishdan iborat, ya’ni bunday holat ro’y bermasligi uchun u masalani qat’iy qo’yishi va o’rgatuvchi tanlovni sinchkovlik bilan nazorat qilishi talab etiladi [8-14].


NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishda yana bir muhim jihatni e’tiborga olish zarur. O’rgatish yutug’i umuman ko’p hollarda tarmoqdagi neyronlar soniga yoki aniqrog’i tarmoq soniga bog’liq. Chunonchi, tamoqlardagi “tajriba” tarmoqning vaznli koeffitsiyentlarida saqlanadi. Nazariy jihatdan neyronlar va tarmoq sonini cheksiz ko’paytirish natijasida hammavaqt berilgan o’rgatuvchi tanlovda NTlarni to’liq o’rgatishga erishish mumkin. Bu holda eng muhim masala o’rgatuvchi NTlarning nafaqat o’rgatuvchi tanlovdagi obyektlarni, balkim o’rgatuvchi tanlovga kirmagan yangi obyektlarni ham yaxshi anglab olishi eng muhim masala hisoblanadi.

14.4. O’qituvchisiz o’rgatuvchi neyronli tarmoqlar


Yuqorida keltirilgan tarmoqlar o’qituvchili o’rgatuvchi tarmoqlarga kiradi. Ularni muvaffaqiyatli qo’llash uchun exspertning ishtiroki zarur.
O’qituvchisiz o’rgatuvchi tarmoqlarda o’rgatish jarayonida tarmoqlarning vaznlari to’g’rilanib (uzatilib) boriladi. Bunda tarmoqlarni to’g’rilab borish neyronlardagi mavjud vaznli koeffitsiyentlar asosida olib boriladi. Ushbu prinsip asosida ishlashdigan Xebba neyron tarmog’ini keltiramiz.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling