14 mavzu. Neyron tarmoqni o’qitish masalasi. Neyron tarmoq aniqligini oshirish yo’llari. Reja
Stoxastik oʻrgatish usullari ehtimolli qoidalarga, determinalli usullar esa - aniq qoidalarga asoslanadi
Download 1.34 Mb.
|
14-mavzu (Gradiyentsiz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasini qaraymiz [8-14].
Stoxastik oʻrgatish usullari ehtimolli qoidalarga, determinalli usullar esa - aniq qoidalarga asoslanadi.14. 3. Neyronli tarmoqni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasi va uslubiy jihatlariNTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasi. NTlarni obyekt(misol)larni anglab olishga o’rganish uchun obyektlardan iborat o’rgatuvch tanlov zarur bo’ladi. Har bir obyekt kiruvchi parametrlar tasvirlanadi va oldindan ma’lun bo’lgan javoblar bilan beriladi. Masalan, tibbiy tashxislash masalasida kiruvchi parametrlar sifatida bemorning tibbiy xususiyatlaridan foydalanilsa, oldindan ma’lum bo’lgan javob sifatida unga qoyiladigan diagnoz hisoblanadi. NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasini qaraymiz [8-14].O’rgatuvchi tanlovdan joriy (boshida birinchi) obyekt olinadi va uning kiruvchi parametrlari o’rgatuvchi NTlarning kiruvchi sinapslariga uzatiladi. Odatda obyektning har bir kiruvchi parametri unga mos kiruvchi sinapsga uzatiladi. NT berilgan sondagi taktlarning bajarilishini amalga oshiradi va kiruvchi signallarning vektori neyronlar o’rtasidagi bog’lanishlar bo’yicha tarqaladi (to’g’ri ishlash). Neyronlar yordamida hosil qilingan chiquvchi signallar deb ataluvchi signallar o’lchanadi. Hosil qilingan signallarni izohlash amalga oshiriladi va to’r yordamida obyektda mavjud bo’lgan javobning talab etilayotgan javob bilan farqli tomonlarini xarakterlaydigan baho hisoblanadi. Bu baho mos funksiyalar baholari yordamida hisoblanadi. Baho qancha kichik bo’lsa, u holda to’r yordamida olingan javob talab qilingan javobga shuncha yaqin bo’ladi. Agar baho nolga teng bo’lsa, u holda oldindan ma’lum bo’lgan javobga erishildi deb hisoblanadi. Agar obyekt bahosi nolga teng bo’lsa, u holda hech qanday ish amalga oshirilmaydi. Aks holda baholar asosida aloqalar matritsasining har bir sinaptikli vazni uchun tuzatish koeffitsiyentlari hisoblanadi, undan keyin esa sinaptikl vaznlarni moslashtirish amalga oshiriladi (teskari ishlash amalga oshiriladi). Tarmoqning vaznlarini bunday to’g’rilash esa-tarmoqni obyektni anglashga o’rgatish deb ataladi. Navbatdagi obyekt olinadi va yoridagi qadamlardagi amallar takrorlanadi. O’rgatuvchu tanlovning birinchi obyektidan oxirgi obyektigacha barcha obyektlarni tekshirish to’rni obyektlarni anglashga o’rgatishning bitta sikli deb ataladi. Siklning bajarilishida har bir obyekt o’zining bahosiga ega bo’ladi. Bundan tashqari o’rgatuvchi tanlovdagi barcha obyektlar to’plamining yig’indi bahosi hisoblanadi. Agarda siklning bir nechta qadamidan keyin obyektlar to’plamining yig’indi bahosi nolga teng bo’lsa, u holda to’r yordamida o’rgatish jarayoni to’xtaydi, aks holda sikllar takrorlanadi. To’liq o’rgatishga erishish uchun o’rgatish sikllarining soni ko’plab faktorlarga bog’liq bo’ladi. Bu faktorlarga o’rgatuvchi tanlovning hajmi, kiruvchi parametrlarning soni, obyektning ko’rinishi, NTlar turi va parametrlari hamda tarmoq nomlanganda ushbu tarmoqda vaznlarning tavakkal joylashishi kiradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling