14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja


Download 260.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana02.04.2023
Hajmi260.63 Kb.
#1321298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU

Malakalar bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanishda, ularni yangi va 
murakkab sharoitlarda to‘g‘ri va muvaffaqiyatli qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi. 
Malakalar ham ko‘nikmalar singari oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. 
Harbiy mahorat shakllanishining boshlang‘ich bosqichida, ya’ni askar o‘z 
bilimlarini qo‘llay boshlagan davrda oddiy malakalar paydo bo‘ladi. Mashqlar 
jarayonida bunday malakalar oddiy ko‘nikmalarga aylanadi. Bilimlar, oddiy 
malakalar, sodda va murakkab ko‘nikmalar asosida murakkab malakalar 
shakllanadi. 
Murakkab malakalar – askarning ta’lim jarayonida egallagan bilimi, 
ko‘nikmalarini ijodiy qo‘llay olish va harbiy faoliyatning murakkab vaziyatlarida 
yuqori natijalarga erisha olish imkoniyatidir. 
Ko‘nikma tez-tez takrorlanib turuvchi sharoitlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 
Malaka esa insonga ko‘nikmalarni yangi sharoitlarda qo‘llashga imkon yaratib 
beradi. Ko‘nikmadan farqli o‘laroq, malaka inson ongining faolligini, o‘z-o‘zini 
nazorat qila olishni, turli vazifalarni bajarishning umumlashgan usullarini
egallashni talab qiladi. Malakalarni shakllantirish bilim va ko‘nikmalarni tobora 
murakkablashib boruvchi sharoitlarda qo‘llash, shaxsiy tarkibning nazariy va amaliy 
tayyorgarligini doimiy uyg‘un ravishda olib borishni talab qiladi.
Ko‘nikmalarning shakllanish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
1. Analiz-sintez, ya’ni alohida usul va operasiyalar shakllanadi va ular 
yaxlitlanadi. 


2. Zo‘riqish, hayajon, xato yo‘qotiladi. 
3. Harakatlar avtomatlashadi. 
4. Generalizasiya jarayoni kechadi, ya’ni harakatlar umumlashadi, ko‘nikma 
faoliyatga aylanadi. 
Ko‘nikmalar askarlarning o‘z xizmat vazifalarini chuqur anglagan, xatolarini 
bilgan, shuningdek muvaffaqiyatlari o‘z vaqtida ma’qullangan va taqdirlangan holda 
samarali rivojlanadi. Shuning uchun ta’lim beruvchi askarga nisbatan g‘amxo‘r va 
talabchan bo‘lishi, o‘qish va xizmatda yangi yutuqlar sari ruhlantira olishi muhim 
ahamiyatga ega.
Ko‘nikmaning takomillashishi uning murakkabligiga, askar shaxsining 
shaxsiy va ruhiy xususiyatlariga va holatiga, ta’lim beruvchilarning mahoratiga va 
ta’lim sharoitiga ham bog‘liq. 
Harbiy mahorat o‘z mohiyatiga ko‘ra jamoaviy mahorat hamdir. Askarlar 
birgalikda harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatadilar, bo‘linma oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajaradilar va jamoa oldiga qo‘yilgan boshqa maqsadlarga erishish 
yo‘lida jamoa bo‘lib yondashadilar. Shuning uchun harbiy mahorat to‘g‘risida so‘z 
yuritganda nafaqat yakka olingan askar, balki jamoaning harbiy mahorati haqida 
ham to‘xtalib o‘tish zarur.
Jamoa harbiy mahoratining mazmuni vazifalarning jamoaviy bilim, ko‘nikma 
va malakalar, jamoaning xususiyatlariga asoslangan umumiy ijrosining yuksak 
darajasini belgilaydi. 
Jamoaviy bilim – askarlarning nizomlar va yo‘riqnomalarning bo‘linma, qism 
harakatlari to‘g‘risidagi, jangovar texnikadan foydalanish va qo‘llash to‘g‘risidagi 
bilimlaridir. Jamoaviy bilimlar jang maydonidagi va tinchlik davridagi turli 
vazifalarni bajarishdagi o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarda ko‘rinadi.
Jamoaviy faoliyat ko‘nikmalari – askarlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning 
belgilangan tartib-qoidalari va sharoitlarining o‘zlashtirilishi, umumiy vazifalarning 
bajarilishi natijasidir. Bu ko‘nikmalar harbiy jamoa turli faoliyati uyg‘unligining, 
muvofiqlashganligining samaradorligini ta’minlaydi.
Jamoaviy faoliyat malakalari jamoa tomonidan bilim va malakalarning to‘g‘ri 
va ijodiy qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi.
Jamoa harbiy mahoratini shakllantirish va rivojlantirishda komandir mahorati 
muhim rol o‘ynaydi.  
Komandir mahorati – ofiserning bo‘linma, qismga rahbarlik qilish uchun zarur 
bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, xislatlarga asoslangan faoliyatining 
yuksak darajasidir. Komandir mahorati asosan uning rahbarlik va harbiy 
mutaxassislik san’atidan iborat bo‘ladi.
Jamoa mahorati askarlarning yakka mahorati, turli mutaxassislar guruhlari 
mahorati va komandir mahoratidan tarkib topadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yakka va jamoa harbiy mahoratini 
shakllantirishda quyidagi shartlar muhim sanaladi: 
- askarlarda yuksak g‘oyaviy, ma’naviy va axloqiy xislatlarni tarbiyalash; 
- jamoani jipslashtirishga alohida e’tibor qaratish, askarlar o‘rtasida do‘stona 
munosabatlarni tarbiyalash;
- umumiy faoliyatda yuksak natijalarga erishishga intilish;


- askarlarni yakka va jamoa faoliyatini samarali amalga oshirish uchun o‘z 
bilimlarini, ko‘nikmalarini va malakalarini tinmay takomillashtirib borishga undash; 
- tinchlik davrida va urush sharoitida askarlarning tashabbus ko‘rsatishi, o‘z 
bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini ijodiy qo‘llashi, faollik ko‘rsatishi uchun 
sharoit yaratish; 
- ta’lim va tarbiya jarayonida askarlarning qobiliyati, temperamenti va xarakteri 
xususiyatlarini hisobga olish; 
- harbiy xizmatning turli sharoitlarida o‘zlarining bilimlari, ko‘nikmalari va 
malakalarini to‘la namoyon qila olishlari uchun askarlarning hisiy-irodaviy 
turg‘unligini mustahkamlash, birgalikda turli vazifalarni bajarish. 
Hozirgi davrdagi harbiy xizmat insonga, uning aqliy, ma’naviy, ruhiy, irodaviy 
va jismoniy sifatlariga, intellektual darajasiga, kasbiy tayyorgarligiga yuksak 
talablar qo‘ymoqda va har bir askarning, bo‘linmaning harbiy mahoratini tobora 
yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Bu vazifalarni bajarishda ta’lim-tarbiya 
jarayonining, xususan harbiy mahoratni shakllantirishning psixologik-pedagogik 
shartlarini hisobga olish muhimdir. 

Download 260.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling